

"Barselona"da Xulian Alvares uchun kurashda "Real"ning paydo bo'lishidan unchalik xavotirda emaslar.
Diario Sport xabariga ko'ra, kataloniyaliklar klubi madridliklar shunchaki "Atletiko" bilan bitim tuzishni qiyinlashtirmoqchi deb hisoblaydi va jarayonni "shaxmat partiyasi" sifatida ko'rmoqda.
Biroq endilikda transfer ishlariga shaxsan Joan Laporta qo'shildi. "Blaugrana" prezidenti Alvaresning agenti Fernando Idalgo bilan muloqot qildi. Argentinalik forvardning vakili "Barselona" rahbarini "Real" mijoziga rasmiy taklif bermaganiga va futbolchining o'zi ham buni ko'rib chiqmasligiga ishontirdi.
Xulianning poziciyasi aniq: agar u jamoasini o'zgartirsa, faqat Ispaniya chempionlari safiga o'tadi. Shu sababli "Barsa"da xotirjamlik saqlanib qolmoqda.
Shuningdek, Laporta Idalgo bilan potencial transfer narxini muhokama qildi. "Barselona" 120 million evro va bonus pullari to'lashga tayyor. Bitim tuzilmasiga qarab, summa 130 millionga yaqinlashishi mumkin, ammo undan ko'p bo'lishi dargumon. Ayni paytda "Atletiko" kataloniyaliklarga Alvaresni 150 milliondan arzonga sotmasligini aytishi mumkin ("Real" aynan shuncha taklif qilgan).



