

"Benfika" bosh murabbiy bilan xayrlashgani va uning Madrid klubiga o'tganini ma'lum qildi. Lissabonliklar 63 yoshli mutaxassis uchun 15 million evro olishlarini tasdiqlashdi.
Mourinyu jamoa boshqaruvida bir mavsumdan kamroq ishladi va u bilan chempionatda mag'lubiyatsiz holda uchinchi o'rinni egalladi. U 2010 yildan 2013 yilgacha boshqargan "Real" klubiga qaytmoqda.



