Jordi Alba mavsum yakunida futbolchilik faoliyatini yakunlashini elon qildi
07 okt 20:55
Yangiliklar
Jordi Alba mavsum yakunida futbolchilik faoliyatini yakunlashini elon qildi
2025 yil oxirida Jordi Alba futbolchilik faoliyatini tugatadi.
"Inter Mayami" himoyachisi va Kataloniyaning "Barselona" jamoasining sobiq o'yinchisi Jordi Alba MLSning joriy mavsumi yakunida futbolchilik faoliyatini yakunlashini elon qildi. MLSning hozirgi mavsumi 2025 yil dekabrda tugaydi. Alba 36 yoshda. U 2023 yilning yozidan beri "Inter Mayami" safida to'p surmoqda. U jamoa uchun jami 95 ta o'yin o'tkazib, 14 ta gol urgan va 28 ta golli uzatma bergan.
Alba eng ko'p o'yinni "Barselona" tarkibida o'tkazgan - 459 ta. Jordi "Barsa" tarkibida 27 ta gol urib, 99 ta golli uzatma bergan.
Bundan oldin Albaning jamoadoshi va "ko'k-anorranglilar"ning yana bir sobiq futbolchisi Serxio Buskets ham faoliyatini yakunlashini malum qilgan edi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади
Эшитдик-да! Кападзе Ўзбекистон терма жамоасидан кетди
Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Райо Вальекано"ни мағлуб эта олмади
АПЛ. "Манчестер Сити" "Ливерпул"ни йирик ҳисобда таслим этди, Ҳусанов эса...
Fikrlar