

Bu haqda insayder Fabricio Romano ijtimoiy tarmoqlarda xabar berdi.
Manbaning so'zlariga ko'ra, "Chelsi" rahbariyati nemis vingerini sotib olishni ko'rib chiqmayapti. Virc unga katta ishonch bildirilgan "Liverpul"da qoladi.
23 yoshli Florian o'tgan mavsum mersisaydliklar tarkibida 33 o'yinda qatnashib, 5 ta gol urdi va 3 ta golli pas uzatdi. Uning transfer qiymati 100 million evroga baholanmoqda.



