"Milan"ga "CHelsi" futbolchisi kerak
17 jan 22:47
Yangiliklar
"Milan"ga "CHelsi" futbolchisi kerak
"Milan" Joau Feliks bilan shartnoma imzolash variantlarini ko'rib chiqmoqda.
Jurnalist Janluka Di Marcioning malumotiga ko'ra, "rossoneri" futbolchi borasida dastlabki rasmiy taklifni jo'natgan. Portugaliyalik futbolchining o'yini "Milan" bosh murabbiyi Serjiu Konseysauga juda maqul keladi. "Manchester Yunayted"dan Markus Reshfordning transferi deyarli imkonsiz bo'lib turgani uchun klub Feliksni alternativ sifatida ko'rmoqda.
"CHelsi" esa futbolchini ijaraga berib yuborishni istamayapti. Futbolchining London klubi bilan 2030 yilgacha mo'ljallangan shartnomasi bor. U faqatgina sotib yuborilishi mumkin.
Feliks ushbu mavsumda APLning 11 o'yinida qatnashib, 1tadan gol va assist qayd etdi.
Fikrlar