Tarixda ilk bor o'zbekistonlik futbol mutaxassislari FIFA qo'mitasiga tayinlandi
12 okt 15:50
Yangiliklar


Tarixda ilk bor o'zbekistonlik futbol mutaxassislari FIFA qo'mitasiga tayinlandi
Yurtimiz 2024 yilda ilk bor FIFA miqyosidagi futzal bo'yicha Jahon chempionatini qabul qilgan bo'lsa, 2027 yilga kelib yoshlar o'rtasidagi Mundialga mezbonlik qilishidan xabaringiz bor.
FIFAning Futbolda texnologiyalar, innovaciyalar va raqamli rivojlanish qo'mitasi (Football Technology, Innovation and Digital Transformation Committee) — futbolni zamonaviy texnologiyalar orqali rivojlantirishga qaratilgan eng muhim tuzilmalardan biri hisoblanadi.
Qo'mita VAR, golni aniqlash texnologiyasi, yarimavtomatik ofsayd tizimi, raqamli monitoring, suniy intellekt kabi innovacion echimlarni rivojlantirish, sinovdan o'tkazish va futbolga joriy etish ustida ish olib boradi. FIFA Kengashining qaroriga ko'ra, O'zbekiston futbol associaciyasi birinchi vice-prezidenti Ravshan Irmatov 2025–2029 yillar uchun ushbu qo'mitaning rais o'rinbosari etib tayinlandi. Qo'mitaga FIFAning Futbol texnologiyalari bo'yicha direktori Yoxannes Xolzmueller rahbarlik qiladi.
Shuningdek, O'FA Bosh kotibi Avaz Maksumov Sohil futboli qo'mitasiga (Beach Soccer Committee), O'FA ayollar futbolini rivojlantirish bo'limi boshlig'i Yuliya Panina Ayollar milliy terma jamoalari o'rtasidagi musobaqalar qo'mitasiga (Women's National Team Competitions Committee) tayinlandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar