"Real" Holand uchun harakatni boshladi
13 okt 2025 13:58
Yangiliklar
"Real" Holand uchun harakatni boshladi
"Caught Offside" xabariga ko'ra, Madridning "Real" jamoasi Erling Holandning atrofidagilar bilan yirik kelishuvga erishish imkoniyatini baholash uchun bog'landi.
Ehtimoliy transfer uchun bitta asosiy shart mavjud. "Qaymoqranglilar" Vinisius Juniorni Saudiya Arabistoni klubiga 250 million evroga sotishi kerak. Madridliklar tushgan pulni Holand uchun sarflashga tayyor.
Biroq "Siti" o'zining yulduz futbolchisini sotish niyati yo'qligini, norvegiyalik futbolchining o'zi esa "Etixad" stadionini tark etishni istamasligini malum qildi.
Shunga qaramay, hikoya davom etishi kutilmoqda va "Real" bu ulkan maqsaddan voz kechishi dargumon, chunki Holand hujumda Kilian Mbappe uchun ideal sherik bo'lishi mumkin.
Holand joriy mavsum barcha musobaqalarda 9 o'yinda 12 ta gol urdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон терма жамоаси Хитой билан жанговар дуранг қайд этди
Суперлиганинг янги мавсумига қуръа ташлаш маросими бўлиб ўтди (тўлиқ тақвим)
Хитой компанияси "Истиқлол" стадионини реконструкция қилиш ва кенгайтириш бўйича лойиҳа таклиф этди
Туркманистон терма жамоаси футболчиси "Арал"га ўтди
Fikrlar