APL. "Manchester Siti" mehmonda "Liverpul"ni yirik hisobda mag'lub etdi

11 okt 2026, 22:20
Angliya Premer-ligasining 6-turidan o'rin olgan bahs yakunlandi.

"Liverpul" - "Manchester Siti" 0:3

Gollar: 65 - Erling Xoland, 68 - Jeremi Doku, 78 - Rayan Sherki

“Liverpul”: 1. Alison Beker, 33. Ronald Arauxo (30. Jeremi Frimpong, 75’), 4. Virjil van Deyk, 6. Milosh Kerkez, 5. Jeremi Jake (2. Jozef Gomes, 88’), 38. Rayan Gravenberx, 7. Florian Virc (42. Treymoris Noni, 66’), 10. Aleksis Mak Allister, 23. Viktor Munos, 29. Bredli Barkola (14. Federiko Keza, 88’), 67. Lyuis Kumas (73. Rio Ngumoa, 75’).

Zaxira: 25. Georgiy Mamardashvili, 21. Konstantinos Cimikas, 3. Vataru Endo, 53. Jeyms Makkonnell.

“Manchester Siti”: 1. Janluiji Donnarumma, 27. Mateus Nunesh, 3. Ruben Diash, 6. Mark-Izrael Gexi, 33. Niko O'Rayli (24. Yoshko Gvardiol, 66’), 17. Enco Fernandes (32. Ayyub Buaddi, 86’), 5. Elliot Anderson, 7. Iliman Ndiaye (11. Jeremi Doku, 56’), 42. Antuan Semeno, 10. Rayan Sherki, 9. Erling Xoland (37. Allan, 80’).

Zaxira: 28. Xeronimo Ruli, 22. Vitor Reys, 45. Abduqodir Husanov, 8. Mateo Kovachich, 82. Riko Lyuis.

Ogohlantirishlar: 8 - Ronald Arauxo, 47, 62 - Rayan Gravenberx, 58 - Niko O'Rayli, 86 - Ayyub Buaddi, 90+1 - Virjil van Deyk

Chetlatish: 62 - Rayan Gravenberx

90+4. O'yin yakunlandi.

90+3. Andersonning zarbasi noaniq bo'ldi.

90. O'yinning asosiy vaqtiga 3 daqiqa qo'shib berildi.

89. Buaddining zarbasi osmon-u-falakka yo'l oldi.

87. Mak Allisterning jarima zarbasidan tepgan to'pini Janluiji ushlab oldi.

85. “Liverpul” endi-endi hujumlarga chiqmoqda.

79. Shunchaki dahshat, “Siti” to'la-to'kis ustunlikka ega!

gettyimages-2299178340-2048x2048.jpg

78. GOL! Sherki hisobni yiriklashtirdi! Yoshkoning tovoni bilan uzatgan zargarona uzatmasidan so'ng Rayan raqibni “nonga chiqarib yubordi” va darvozaga zarba berib, gol urdi!

74. Yoshkoning o'tkir burchakdan yo'llagan zarbasi aniq bo'lmadi.

72. Andersonning zarbasi biroz noaniq bo'ldi, buning ustiga kuchsiz ham chiqdi.

71. “Man Siti” total ustunlikni qo'liga oldi, yana jamoa oldinga bormoqda.

70. Ha, do'stlar. Bitta qizil kartochka shunchalik darajada o'yinni o'zgartirib yubordi.

69. “Liverpul”ga juda qiyin bo'ladi endi.

gettyimages-2299181023-2048x2048.jpg

68. GOL! Dokudan supergol! Jeremi to'pni o'ziga to'g'rilab olib, aylantirib zarba berdi va sanat darajasidagi gol urdi!

66. Darhol reakciya ko'rsata oldi “Siti”, buyog'iga Iraola shogirdlariga oson bo'lmasligi aniq!

gettyimages-2299178293-2048x2048.jpg

65. GOL! Holand hisobni ochdi! Dokuning zarbasi rekoshetga uchrab, to'p Erlingga bordi va uning tepgan to'pi darvoza to'ridan joy oldi!

63. Buyog'iga “Liverpul” bir kishi kam bo'lib harakat qiladi va bu ko'p ehtimol ustunlik “Man Siti” tomonga o'tadi.

gettyimages-2299696502-2048x2048.jpg

62. Qizil kartochka! Gravenberxga ikkinchi sariq kartochka ko'rsatildi! U Dokuga nisbatan qo'pollik ishlatdi.

62. Gravenberxning kuchli zarbasidan so'ng to'pni Janluiji qaytardi.

60. Holand yaxshi vaziyatga chiqib borib zarba berdi, ammo noaniq ketdi.

55. Vircning uzoqdan yo'llagan zarbasi aniq bo'lmadi…

50. Semenoning chapdan erlatib uzatgan to'piga Ndiaye eta olmadi…

49. Mak Allisterning uzoqdan yo'llagan kuchli zarbasi biroz noaniq bo'ldi.

48. Kumasdan xavfli zarba! Donnarummadan ajoyib seyv!

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

45+1. Dastlabki bo'lim yakunlandi.

45. Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shib berildi.

38. Sherkining zarbasi aniq bo'lmadi.

35. Enconing uzoqdan yo'llagan zarbasi aniq bo'ldi, darvozabon ushlab oldi to'pni.

32. Mak Allisterning darvoza tomon yo'llagan zarbasi aniq bo'lmadi.

31. Munos o'ngdan kirib borib, zarba berdi, biroq rekoshetga uchrab, to'p maydondan chiqib ketdi.

23. Tashabbus “Siti”ga o'tdi endi, jamoa hujumlar sonini oshirmoqda.

15. Semeno jarima maydonchasiga chapdan yorib kirib, erlatib to'pni markazga uzatdi, biroq yakuniy zarbani beradigan sherigi topilmadi.

12. Ikki jamoa futbolchilari o'zaro bahslashib ketishdi.

11. Hozirgacha aytarli xavfli hujum va zarba ko'rmadik, biroq o'yin qiziqarli o'tmoqda.

3. Munos yaxshi harakatlar bilan jarima maydonchasiga kirdi, biroq yakuniy zarba berilmadi.

1. O'yin boshlandi.

Assalomu alaykum qadrli futbol ixlosmandlari! Sizlarni APLning 6-turidan o'rin olgan "Liverpul" - "Manchester Siti" bahsining matnli translyatsiyasini kuzatib borishga taklif etamiz!

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia