"Qishki tozalash": "Arsenal" 3 nafar futbolchisi bilan xayrlashadi
13 okt 13:05
Yangiliklar


"Qishki tozalash": "Arsenal" 3 nafar futbolchisi bilan xayrlashadi
"Arsenal" qishki transfer oynasida bir qator asosiy futbolchilar bo'yicha takliflarni ko'rib chiqishga tayyor.
Bu haqda "TBR Football" malumot tarqatdi.
Potencial nomzodlar orasida hujumchilar Gabriel Jezus va Leandro Trossard, shuningdek, Ukraina terma jamoasi himoyachisi Aleksandr Zinchenko bor.
Manbaning yozishicha, Zinchenko ayni damda "Nottingem Forest"da mavsum oxirigacha ijara asosida to'p tepayotganiga qaramay, "kanonirlar" rahbariyati uni muddatidan oldin sotishni ham istisno qilmayapti. Ukrainalik himoyachi yanvar oyidayoq boshqa klubga o'tish mumkin.
Leandro Trossard ham yaqinda shartnomasi yangilangani va maoshi oshganiga qaramay, ketishi mumkin deb hisoblanmoqda.
"Arsenal" bu o'yinchilar bilan xayrlashishni jiddiy ahd qilgan deb bo'lmaydi, ammo ular foydali takliflarni diqqat bilan o'rganib chiqishga rozi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar