Liam Delap "Chelsi”dan Londonning boshqa klubiga o'tishi mumkin

7 iyun 2026, 16:14
"Chelsi" hujumchisi Liam Delapga APLda yangi da'vogar paydo bo'ldi.

Futbolchini transfer qilish imkoniyatini "Fulxem" ko'rib chiqmoqda. “Fulxem” yangi murabbiy tayinlangandan so'ng Delap bo'yicha qaror qabul qiladi. Hujumchining "Chelsi" bilan mehnat shartnomasi 2031 yilning yoziga qadar amal qiladi. Transfermarkt futbolchining narxini 28 million evroga baholamoqda.

Liam Delap "Chelsi" safida jami 47 ta o'yin o'tkazgan. Hujumchi unda uchta gol urdi va beshta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: talkSPORT