"Agar odamlar biz Kongo va Kolumbiyani mag'lub etishimiz kerak edi deb o'ylashgan bo'lsa, ular adashishgan..." - Fabio Kannavaro "yorildi"

Абдулвосит Бектемиров
29 iyun 2026, 01:06
Kongoga qarshi uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanida saytimiz jurnalisti Abdulvosit Bektemirov va Fabio Kannavaro o'rtasida qizg'in suhbat bo'lib o'tdi.

- Jamoamizning mundialdagi eng katta xatosi nima bo'ldi? Siz tomondan yo'lga qo'yilgan eng katta xato-chi? Siz futbolda ancha mashhur nomsiz, shu sababli kutilmalar ancha baland edi. Hozir nimalarni his qilyapsiz? Sababi, Portugaliyaga qarshi o'yindan keyingi matbuot anjumanida tabassum qilayotgan edingiz, bugun esa yo'q.

- Tabassum qilayotgandim?

- Ha, Portugaliyaga qarshi kechgan o'yindan keyin....

- Tabassum qilayotganim har doim ham yaxshi kayfiyatda ekanligimni bildirmaydi-ku.

- Shuning uchun ham, hozir nimalarni his qilyapsiz deb so'rayapman, janob...

- Tabiiyki, o'zimni yaxshi his etmayapman. Mag'lub bo'lishni yoqtirmayman. Lekin biz borimizni berdik. To'g'ri, xatolar qildik, lekin yigitlar bo'yicha shikoyat qila olmayman. Men ular haqida hech qachon bunday demayman. Chunki men ular qanchalik mehnat qilishganini bilaman. Sen men jamoaga kelganimdan beri barcha matbuot anjumanlarida bo'lgansan. Jahon chempionati qur'asidan keyin birinchi bo'lib nima deganimni eslaysanmi?

- Mundial darajasi dahshatli degan gapmi?

- Ha. Agar odamlar bizning jamoa Kongo va Kolumbiyani mag'lub etishimiz kerak edi deb o'ylashgan bo'lsa, ular adashishgan bo'lishi mumkin. Jahon chempionati darajasi... Agar terma jamoani uch marotaba mundialni yutgan murabbiy boshqarayotgan bo'lsa ham qiyin edi. Biz borimizni berdik-mi? Ha. Yigitlarga qo'limdan kelgancha yordam berdim-mi? Ha. Yigitlar hozir kiyinish xonasida xafami? Bu shunchaki dahshat. Yigitlar O'zbekistondagi har bir insondan ko'proq qiynalishdi, menga ishon do'stim. Lekin shunga qaramay ular borini berishdi. Men ulardan faxrlanaman. Mundialdagi ishtirokimiz qiyin kechishini bilardik-mi? Bilardik. Biz tajriba orttirdik.

Men o'yinchilarga hech qanday etiroz bildirmayman va ular bo'yicha nolimayman. Ular ko'p xatolarga yo'l qo'yishi mumkin. Chunki men ichkarida nima bo'layotganini bilaman. Dunyoda ichkarida nima bo'layotganini mendan ko'ra yaxshiroq biladigan inson dunyoda yo'q. Men bularning barchasini biladigan va nimalar ro'y berayotganidan xabardor inson sifatida gapiryapman.

kannavaro.jpgya i kannavaro.jpg

O'xshash yangiliklar


Абдулвосит БектемировMuallif
Manba: Championat.asia