
Uning natijalariga ko'ra, dunyo birinchiligining dastlabki uchta o'yinida o'z darvozasidan birorta ham to'p o'tkazib yubormagan ikkita terma jamoa ma'lum bo'ldi. Bular - Ispaniya va Meksika milliy terma jamoalaridir.
Ispaniya darvozaboni Unay Simon uchala uchrashuvda ham qatnashib, maydonda 270 daqiqa o'tkazdi, to'rtta seyv ijro etdi va turnirda 0,33 qaytarilgan gol ko'rsatkichiga ega. Meksikaning asosiy posboni Raul Ranxel hisobida esa uchta o'yinda 258 daqiqa bor (Chexiyaga qarshi uchinchi o'yinning so'nggi daqiqalarida u Gilermo Ochoaga almashtirildi), u guruh bosqichi davomida beshta seyv va 1,02 qaytarilgan gol qayd etdi.
1/16 finalda Ispaniya Avstriya bilan to'qnash keladi. O'yin 2 iyul kuni Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da bo'lib o'tadi. Meksika esa xuddi shu bosqichda Ekvadorga qarshi 1 iyul kuni Toshkent vaqti bilan soat 06:00 da maydonga tushadi.