Fabio Kannavaro O'zbekiston milliy terma jamoasining Urugvayga qarshi o'yin uchun qaydnomasini elon qildi: Norchaev chaqirildi
10 okt 18:28
Yangiliklar


Fabio Kannavaro O'zbekiston milliy terma jamoasining Urugvayga qarshi o'yin uchun qaydnomasini elon qildi: Norchaev chaqirildi
Fabio Kannavaro mazkur bahsda ishtirok etadigan futbolchilar ro'yxatini elon qildi. Kuvaytga qarshi yig'inning birinchi qismida ishtirok etgan bir qator futbolchilarga dam berilib, yangi futbolchilar jalb etildi.
Kuvayt bilan bahs uchun yig'inga chaqirilganlardan Farruh Sayfiev ("Neftchi"), Odiljon Hamrobekov ("Traktor", Eron) va Abbosbek Fayzullaev ("Istanbul Bashakshexir", Turkiya), jarohat tufayli tarkibdan tushib qolgan bo'lsa, Muhammadrasul Abdumajidov ("Paxtakor"), Umarali Rahmonaliev ("Sabah", Ozarbayjon), Nodir Abdurazzoqov (OKMK), Anvar Hojimirzaev ("Dinamo") va Rustam Turdimurodov ("Surxon") murabbiylar qaroriga binoan qaydnomadan chiqarildi. Yangi nomlardan Ruslan Jiyanov ("Navbahor") va Husayn Norchaev ("Nasaf") Urugvay bilan bahsga olib ketiladi.
Darvozabonlar: Abduvohid Nematov ("Nasaf"), Botirali Ergashev ("Neftchi"), Vladimir Nazarov ("Paxtakor")
Himoyachilar: Rustam Ashurmatov ("Istiqlol", Eron), Sherzod Nasrullaev ("Nasaf"), Muhammadqodir Hamraliev ("Paxtakor"), Hojiakbar Alijonov ("Paxtakor"), Alibek Davronov ("Nasaf"), Jahongir O'rozov ("Dinamo"), Umar Eshmurodov ("Nasaf"), Dilshod Saitov ("Paxtakor")
Yarim himoyachilar: Akmal Mozgovoy ("Baniyas", BAA), Abdurauf Bo'riev ("Paxtakor"), Azizjon G'aniev ("Al Bataeh", BAA), Hojimat Erkinov ("Paxtakor"), Otabek Shukurov ("Baniyas", BAA), Jamshid Iskanderov ("Neftchi"), Aziz Turg'unboev ("Paxtakor"), Oston O'runov ("Persepolis", Eron), Ruslan Jiyanov ("Navbahor")
Hujumchilar: Husayn Norchaev ("Nasaf"), Eldor Shomurodov ("Istanbul Bashakshexir", Turkiya), Igor Sergeev ("Paxtakor")
Eslatib o'tamiz, o'yin 13 oktyabr kuni Malakka shahridagi "Hang Jebat" stadionida Toshkent vaqti bilan soat 17:45 da start oladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar
Ух узидан маьлумки, Канаваро номига мураббий. Барча ишни УФАдагилар хал килмокда.
Изох: Бу негатив эмас. Фикрлариз булса изох колдиринглар