

Futbolchi "Samaniya" telekanalidagi "Al-Minsa" dasturiga bergan intervyusida Janubiy Koreya ustidan qozonilgan g'alaba (3:2) jamoaga qo'shimcha ishonch bag'ishlaganini ta'kidladi.
"Janubiy Koreya ustidan qozonilgan g'alabadan keyin ruhiyatimiz ko'tarinki. O'zbekistonni ham mag'lub etishni maqsad qilganmiz", – dedi Abu ash-Shamat.
Shuningdek, futbolchi Saudiya Arabistoni terma jamoasining 2026 yilgi Jahon chempionatidan keyingi faoliyati haqida ham gapirdi.
"Biz o'zimizga ishonardik. Muxlislarimizning qo'llab-quvvatlashiga ham ishonchim katta edi. Yakunda Fors ko'rfazi kubogini qo'lga kiritdik. Oldinda bizni yanada yaxshi kunlar kutmoqda. Saudiyalik muxlislar hamisha ularni xursand qilishimizga munosib", – dedi futbolchi.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston va Saudiya Arabistoni terma jamoalari o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvi 17 noyabr kuni Dohada bo'lib o'tadi. Bahs Toshkent vaqti bilan soat 20:30 da boshlanadi.



