So’nggi yangiliklar

19:44Al Ain Cup. Ўзбекистон - Эрон. Асосий таркиблар маълум  16 19:25U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади  372 19:13Рейндерс: "Мен ЖЧ-2022ни диванда томоша қилганман. Бу сафар бутунлай бошқача бўлиши аниқ"  0 18:48Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Хитой билан муроса кўчасини танлади  4 18:20U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон 1/4 финалга чиқса, тўпурарларимиздан бири майдонга туша олмайди  7 18:04Расмий хабар: "Андижон" Максим Шацких билан хайрлашди  34 17:33Трамп: "ЖЧ-2026 мисли кўрилмаган даражада муваффақиятли ўтиши учун барча нарсани ишга солиш ҳақида кўрсатма бердим"  1 16:55Украиналик сўконғич мураббий қирғиз клубидан бўшатилди  5 16:07АПЛ клуби Левандовскига шартнома таклиф қилди  7 15:38"Бавария" футболчиси жароҳатдан фориғ бўлди  2 15:11"Манчестер Юнайтед" ҳужумчиси 1 ойни майдон ташқарисида ўтказади  1 14:39"Насаф" "Динамо" етакчисига даъвогарлик қилмоқда  17 14:17"Динамо" назорат ўйинида 7:0 ҳисобида ютди  1 14:14Фабио Каннаваро U-17 ЖЧдаги Ўзбекистон – Италия тўқнашуви ҳақида: "Менинг порлоқ бугуним ва менинг тарихим"  11 13:52Осиё кубоги-2027 саралаши. Тожикистон сафарда йирик ғалабага эришди  3

Marselo Belsa: "Raqib jamoada Fabio Kannavaro kabi yuqori malakali murabbiy boshchilik qilayotgani biz uchun sinov" Yangiliklar

Marselo Belsa: "Raqib jamoada Fabio Kannavaro kabi yuqori malakali murabbiy boshchilik qilayotgani biz uchun sinov"

Urugvay terma jamoasi bosh murabbiyi Marselo Belsa O'zbekistonga qarshi o'yin oldidan matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Xalqaro uchrashuvlar har doim biz uchun sinov bo'ladi, ayniqsa raqib jamoada Fabio Kannavaro kabi yuqori malakali murabbiy boshchilik qilayotgan bo'lsa.

Jahon chempionati kelasi yili bo'lib o'tadi, bu katta masuliyat yuklaydi. Bunday nufuzli musobaqaga puxta tayyorgarlik ko'rish g'oyat muhim.

Bugungi kunda barcha o'yinlar, FIFA reytingidan qati nazar, teng kuchli raqiblar o'rtasida o'tadi. Hech qachon o'yin oson yoki qulay bo'lishini kutmaysiz. Oddiy uchrashuv bo'lishini tasavvur ham qila olmaysiz. Futbolda nima bo'lishini bashorat qilish maqsadga muvofiq emas, chunki bu sport turida natijalar oldindan nomalum bo'ladi", dedi 70 yoshli mutaxassis.

Shuningdek, chap qanot himoyachisi Marselo Sarachchi shunday fikr bildirdi:

"Qiziqarli o'yin bo'ladi, chunki unda keyingi jahon chempionatiga yo'llanma olgan ikki jamoa bellashadi. Ko'plab futbolchilar uchun bu muhim sinov va biz o'zimizning eng yaxshi o'yinimizni ko'rsatishimiz kerak.

Dominikan Respublikasi bilan taqqoslaganda, O'zbekiston jismonan baquvvat, kuchliroq va harakatchan jamoa. Jahon chempionati oldidan esa ularning tayyorgarligi ancha yuqori motivaciya bilan o'tmoqda", dedi jamoa sardori.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston - Urugvay uchrashuvi bugun, 13 oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 17:45da boshlanadi. 

Reyting: +3   

Fikrlar

+4   
13 okt 13:49:52
Аваз Худойқулов
Ҳурмат, Рақиб жамоа футболчиарига ва мураббийига илиқ фикрлар билдирган, худди шу ишни Каннаваро ҳам қилди,ҳақиқий проффесионаллар
+3   
13 okt 13:34:01
NEWS 24
Tog'ri yondashuv biz yutishimiz shart bu oyindi
   
13 okt 14:38:40
Abdulaziz Xamroyev
Kapadze asosiy tarkibi tezro eʼlon qiliwini kutvomz intizorli bn Jiyanov asosiy tarkibda tuwsa km Fayzullayev oʻrniga endi
   
13 okt 14:36:29
Abdulaziz Xamroyev
Bu oyni yutishimiz k.k bemalol yutsa boʻladi Urugvayi 2chi tarkibi bu Darven Nunez Valverde Bentankur yo oynaw kere yutw kere
   
13 okt 14:34:47
Жамшид Jamshid
Кувайт билан эмас Доминикан билан у́йнаш керак эди.
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика