"Chelsi" "Yuventus" etakchisi uchun 66 mln evro taklif etdi va rad javobini oldi
06 okt 20:01
Yangiliklar


"Chelsi" "Yuventus" etakchisi uchun 66 mln evro taklif etdi va rad javobini oldi
"Yuventus" "Chelsi" vingeri Kenan Yildizning huquqlarini sotib olish bo'yicha 66 million evrolik taklifini rad etdi.
Bu haqda "TEAMtalk" xabar berdi.
20 yoshli turkiyalik futbolchiga Angliyaning yana bir klubi "Arsenal" ham qiziqish bildirmoqda. "Tuttosport" malumotlariga qaraganda, "Arsenal" turkiyalik o'yinchini kuzatish uchun "Yuventus" – "Milan" o'yiniga skautlarni yuborgan.
Yildiz 2025/26 yilgi mavsum barcha musobaqalarda 8 o'yinda 2 ta to'p kiritdi va 4 ta golga assistentlik qildi. Uning bitimi 2029 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi.
Transfermarkt uning transfer qiymatini 50 million evroga baholamoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar