

Bu haqda jurnalist Xorxe Pikon yozmoqda.
Madrid klubi allaqachon London jamoasidagi o'yinchi bo'yicha so'rov yuborgan. Manbaga ko'ra, chap qanot himoyasini kuchaytirish "qaymoqlilar" uchun ustuvor vazifa emas, ammo klub Fran Garsiya, Ferlan Mendi va Alvaro Karrerasga to'liq ishonmaydi.
Mark Kukurelya o'tgan mavsumda "Chelsi" safida 50 ta o'yin o'tkazdi. Unda himoyachi bitta gol urdi va to'rtta golli uzatmani amalga oshirdi.



