"Barselona" va "Real" "Liverpul"ning yosh istedodini nishonga oldi

5 sen 2026, 11:33
"Liverpul"ning 18 yoshli vingeri Rio Ngumoxa boshqa top-klublarni ham qiziqtirib qo'ydi.

Unga "Real”, "Barselona" va "Bavariya" klublari qiziqish bildirmoqda. Ammo, "qizillar" o'yinchini qo'yib yubormoqchi emas.

Angliya grandi boshqa klublarning qiziqishini qaytarish uchun Ngumoxa bilan yangi shartnoma tuzishga kelishib oldi. Transfermarkt vingerning narxini 30 million evroga baholamoqda.

O'xshash yangiliklar


Manba: TEAMtalk