"Chelsi" "Yuventus" himoyachisini ko'zlab turibdi

Sherzod Nurmatov
4 iyun 2026, 11:38
Londonning "Chelsi" jamoasi "Yuventus" himoyachisi Andrea Kambyasoga jiddiy qiziqish bildirmoqda.

"La Gazzetta dello Sport" nashrining xabar berishicha, "ko'klar" rahbariyati 26 yoshli italiyalik futbolchini yangi mavsum oldidan qanot himoyachilariga ideal qo'shimcha sifatida ko'rmoqda.

Xabarlarga ko'ra, "Yuventus" allaqachon asosiy o'yinchisi uchun narx belgilab qo'ygan va Turin klubi 40-50 million evro oralig'idagi takliflarni ko'rib chiqishga tayyor.

2.jpg

"Byankoneri"ning bu dadil poziciyasi qattiq moliyaviy voqelik bilan bog'liq. "Yuventus" keyingi mavsum Chempionlar Ligasida o'ynamaydi, bu esa katta yo'qotishlarga olib keldi. Endi klub maoshlarni qisqartirishga va asosiy o'yinchilarni sotish orqali byudjetini zudlik bilan to'ldirishga majbur.

Italiyalik hujumchi ushbu mavsum Turin jamoasi safida 47 o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt uning hozirgi qiymatini 20 million evro deb baholamoqda.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport