Gana terma jamoasi Jahon chempionatiga yo'l oldi
13 okt 09:10
Yangiliklar


Gana terma jamoasi Jahon chempionatiga yo'l oldi
Gana jamoasi 10 turdan so'ng 25 ochko to'plab, "I" guruhida birinchi o'rinni egalladi. Bu Gana terma jamoasi uchun beshinchi Jahon chempionati hisoblanadi. Ularning eng yaxshi natijasi — 2010 yilda JARda bo'lib o'tgan musobaqada qayd etilgan, chorak final.
Shu tariqa, Gana Jahon chempionatida qatnashish huquqini qo'lga kiritgan 21-jamoa bo'ldi. Avvalroq musobaqada ishtirok etish imkoniga ega bo'lgan jamoalar quyidagilar edi: Meksika, AQSH, Kanada (mezbon sifatida), Yaponiya, Eron, Janubiy Koreya, Iordaniya, Avstraliya, O'zbekiston, Yangi Zelandiya, Argentina, Ekvador, Braziliya, Kolumbiya, Urugvay, Paragvay, Marokash, Tunis, Misr va Jazoir.
2026 yilgi jahon chempionati tarixda ilk marta 48 ta terma jamoa ishtirokida o'tkaziladi. Turnir 11 iyundan 19 iyulgacha bo'lib o'tadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar