So’nggi yangiliklar

11:58​"Пахтакор" Риаскос, Абдихолиқов ва яна 4 нафар футболчи билан хайрлашганини маълум қилди  1 11:35"Навбаҳор"га РПЛда ўйнаётган ҳимоячи келмоқда  6 11:08Расман: Дмитрий Плетнёв — "Бунёдкор" футболчиси!  2 10:44"Навбаҳор" футболчиси "Қўқон-1912" ўтиши мумкин  0 10:18Санжар Қувватов: "Пахтакор"дан таклиф тушганида ўйлаб ҳам ўтирмадим"  5 09:52“Андижон” Анталияда 10 та ўртоқлик учрашувида қатнашади  7 09:25"Истанбул Башакшеҳир" футболчиси Шомуродов ва Файзуллаевнинг ўйинига юқори баҳо берди  5 08:58Шерзод Насруллаев: "Совринларим сонини кўпайтириш учун "Пахтакор"га келдим. Роналдуга қарши ўйнаш орзум бор эди"  11 08:30Sofascore. Гвардиола мақтаган Ҳусанов кечаги учрашувда неча баҳога лойиқ кўрилди?  2 08:04Камолиддин Тожиев: "Алижоновни қолди десак бўлади. Иккита ҳужумчи олсак..."  3 07:32Гвардиола кечаги ўйиндан сўнг Ҳусанов ҳақида фикр билдирди  10 03:44А Серия. "Интер" "Парма"ни енгди. "Наполи" эса очко йўқотди  1 03:15АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Бёрнли" билан дуранг ўйнади, "Ньюкасл" "Лидс"ни мағлубиятга учратди  11 02:30АПЛ. Кукурелья четлатилган ўйинда "Челси" "Фулхэм"га ютқазди. Семеньо "Борнмут" сафидаги сўнгги учрашувида қаҳрамонга айланди  1 02:25АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади  30

O'zbekiston futzal terma jamoasi Islom birdamlik o'yinlari oldidan yig'in tashkil etadi Yangiliklar

O'zbekiston futzal terma jamoasi Islom birdamlik o'yinlari oldidan yig'in tashkil etadi

Futzal bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi azolari mamlakat milliy chempionatining 3-tur bahslari 13 oktyabrda yakuniga etishi bilan Toshkentda 18 oktyabrga qadar navbatdagi o'quv-mashg'ulot yig'iniga kirishadi.

Mashg'ulotlar "Yunusobod" sport majmuasida olib boriladi. 

Mazkur yig'in noyabr oyida Saudiya Arabistonida bo'lib o'tadigan V Islom birdamlik o'yinlari musobaqasi oldidan asosiy ko'rik vazifasini o'tab beradi. 

Yig'in davomida jahon futzalida o'z o'rniga ega bo'lib borayotgan Qozog'iston terma jamoasi bilan nazorat uchrashuvida kuch sinashish ham rejalashtirilgan. Yon qo'shnilarimizga qarshi o'rtoqlik o'yini 16 oktyabr kuni soat 17:00 da "Yunusobod" sport majmuasida bo'lib o'tadi va "Sport" telekanali hamda O'FFning YouTube kanali orqali to'g'ridan to'g'ri, jonli tarzda translyaciya qilinadi. O'z o'rnida, uchrashuvni bevosita "Yunusobod" majmuasida ko'rishni istagan barcha ishqibozlar mutlaqo bepul kiritiladi. 

Murabbiylar shtabi bu galgi yig'inga quyidagi futzalchilarni jalb etgan:

Darvozabonlar – Shavkat Ibragimov (“Oil Star”), Mirislom Miraliev (OKMK), Doniyor Umarov (“Lokomotiv”).

Himoyachilar – Ilhomjon Hamroev (“Oil Star”), Mashrab Odilov (BMB), Shahzod Sadiev (BMB).

Qanot o'yinchilari – Shahram Faxriddinov (OKMK), Xayrulla Solixov (OKMK), Muhammadali Xusanboev (BMB).

Qanot hujumchilari – Elbek To'lqinov (“Oil Star”), Abror Axmedzyanov (OKMK), Ixtiyor Ropiev ("Nasaf"), Akbar Usmonov (SQB), Daler Eshonqulov ("Dinamo"). 

Hujumchilar – Muzaffar Ahadjonov (BMB), Artur Umurov ("Oil Star").

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика