O'zbekiston termasi sobiq bosh murabbiyi: "Kannavarodan ko'ra Kapadze termaga ko'proq mos edi"
10 okt 2025 21:58
Yangiliklar
O'zbekiston termasi sobiq bosh murabbiyi: "Kannavarodan ko'ra Kapadze termaga ko'proq mos edi"
O'zbekiston termasi sobiq bosh murabbiyi Valeriy Nepomnyashiy milliy jamoamizga yangi bosh murabbiy tayinlangani haqida fikr bildirdi.
Unga ko'ra, Timur Kapadzening o'rniga JCH-2006 g'olibi Fabio Kannavaro taklif qilindi.
"Birinchidan aytishim kerakki, Timur Kapadzeni yaxshi bilaman. O'zbekistonda ishlaganimda u qo'l ostimda o'ynagan. Yaxshi yigit, mutaxassis sifatida ham yaxshi ekanligini ko'rsatdi. Ha, u adashmasam so'nggi 3-4 o'yinda ishladi. Biroq Kannavaro bilan solishtirganda u termaga ko'proq mos edi.
Bu odamlarni ham u yaxshiroq taniydi. Futbolchilar ham yaxshi tanishadi. Men uchun bu g'alati holat bo'ldi - nomalum sabab bilan murabbiy almashtirildi. Kapadzening terma murabbiylar shtabida qolishi aytildi. Menimcha bu ham noto'g'ri", - dedi Nepomnyashiy.
Rossiyalik mutaxassis 2006 yilda O'zbekistn termasida faoliyat olib borgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди
Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!
Fikrlar