"Al Ahli" Pedro transferi borasida muzokaralarni boshladi
13 okt 2025 11:43
Yangiliklar
"Al Ahli" Pedro transferi borasida muzokaralarni boshladi
Saudiya Arabistonining "Al Ahli" klubi "Zenit" bilan hujumchi Pedroning transferi borasida muzokaralarga kirishdi.
Bu haqda ESPN xabar berdi.
Manba bergan xabarga ko'ra, saudiya arabistoniliklar 19 yoshli braziliyalik uchun 55 million evro taklif qilishga tayyor.

Avvalroq "Al Ittihod" futbolchiga qiziqish bildirgan va salkam 40 million evro taklif qilgan, biroq kelishuv amalga oshmay qolgandi.
Agar transfer amalga oshsa, Pedroning sobiq klubi "Korintians" to'lovning bir qismini oladi, chunki ular avvalgi kelishuv shartlariga ko'ra, transfer pulining 2,5 foizini olish huquqiga ega.
Pedro 2024 yilning fevralida 9 million evro evaziga "Zenit"ga o'tgan va uning shartnomasi 2028 yilning oxirigacha tuzilgan. U joriy mavsum barcha turnirlarda 15 o'yin o'tkazib, 1 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Жирона" "Барселона"ни мағлуб этди! Ямалда омадсиз пенальти, якунда эса муштлашув
ЕЧЛ. Винисиуснинг ягона голи "Реал"га "Бенфика" устидан ғалаба тақдим этди. Моуринью четлатилди
Рафинья: "Қоидалар ҳамма учун турлича бўлиши жуда оғир"
Флик кечаги кутилмаган мағлубият сабабини айтди
Fikrlar