La Liga. "Osasuna" o'z maydonida "Real Madrid"ni mag'lub etdi
22 fev 00:25
Yangiliklar
La Liga. "Osasuna" o'z maydonida "Real Madrid"ni mag'lub etdi
"Osasuna" — "Real Madrid" 2:1
Gollar: 38 - Ante Budimir, 73 - Vinisius Junior, 90+1 - Raul De Aro
Bosh hakam: Alexandro Kuintero
"Osasuna": 1. Serxio Errera, 24. Alexandro Katena, 20. Xavi Galan, 5. Xorxe Errando, 19. Valentin Roze (41. Inigo Argibide, 83'), 6. Lukas Torro, 10. Aymar Oros (8. Iker Munos, 71'), 14. Ruben Garsiya (23. Abel Bretones, 66'), 7. Xon Monkayola (18. Raul Moro 83'), 17. Ante Budimir (9. Raul, 66'), 21. Viktor Munos.
Zaxira: 13. Aytor Fernandes, 31. Dimitrios Stamatakis, 3. Xuan Krus, 29. Aser Osambela, 16. Moy Gomes, 11. Enrike Barxa.
"Real Madrid": 1. Tibo Kurtua, 18. Alvaro Fernandes, 14. Orelen Tchuameni, 17. Raul Asensio, 2. Daniel Karvaxal (12. Trent Aleksander-Arnold, 64'), 4. David Alaba, 6. Eduardu Kamavinga (21. Braim Dias, 64'), 8. Federiko Valverde (16. Gonsalo Garsiya, 75'), 15. Arda Gyuler (19. Daniel Sebalos 82'), 7. Vinisius Junior, 10. Kilian Mbappe.
Zaxira: 13. Andrey Lunin, 43. Serxio Mestre, 23. Ferlan Mendi, 22. Antonio Ryudiger, 20. Fransisko Garsiya, 30. Franko Mastantuono, 45. Tyago Pitarch.
Ogohlantirishlar: 32 - Aymar Oros, 37 - Tibo Kurtua, 66 - Xon Monkayola, 84 - Trent Aleksander-Arnold, 88 - Vinisius Junior, 90+3 - David Alaba
90+6. O'yin yakunlandi, "Osasuna" o'z maydonida Madridning "Real"ini mag'lub eta bildi.
90+1. Bosh hakam tomonidan o'yinga 5 daqiqa qo'shib berildi.

90. GOL! Raul jarima maydonchasiga kirdi va himoyachini aldadi hamda gol urdi!
88. Trent Aleksander-Arnold jarima zarbasini tepdi, biroq noaniq bo'ldi.
84. Trent juda xavfli fol ishlatdi. Qariyb jarima maydonchasi chizig'i ustidan mezbonlar jarima zarbasiga ega bo'lishdi.
79. "Osasuna" darvozasi oldidagi palapartishlikdan so'ng Mbappe darvoza tomon zarba berdi, biroq darvozaga kirmadi to'p.
78. Mezbonlar yana oldinga bormoqda. Bosh bilan yo'llangan zarba aniq bo'lmadi.
74. Madridliklar tempni oshirmoqda, "Osasuna" qamal qilib olindi.

73. GOL! Valverdening ajoyib harakatlari va pasidan so'ng Vinisius hisobni tenglashtirdi!

70. Mbappe gol urdi, biroq mazkur vaziyatda o'yindan tashqari holat borligi malum bo'ldi.
65. Yana Vini! Braziliyalik futbolchining darvoza tomon yo'llagan zarbasi himoyachiga tegib to'xtab qoldi...
56. Vinisius jarima maydonchasiga kirib borib zarba berdi, biroq Errendo to'pni maydondan tashqariga chiqarib yubordi.
55. Gyulerning o'ng oyoqda bergan super zarbasi biroz noaniq bo'ldi.
52. Munos madridlik futbolchilarni o'zi bilan "olib yurmoqda". To'p nazorati mezbonlarda...
46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.
45+3. Birinchi bo'lim yakunlandi.
45+2. Chuamenining bergan zarbasini darvozabon qaytarib yubordi. "Real" taym oxirida bosimni oshirmoqda.
45. Birinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi.
45. Vinisiusning zarbasi noaniq bo'ldi.
43. Mezbonlarning hujumlari davom etmoqda! Munosning oldinga yurib, tepgan to'pini Alaba qaytarib yubordi.

38. GOL! Budimir penaltidan unumli foydalanib, hisobni ochdi.
36. Penalti! Belgiyalik darvozabon Budimirning oyog'ini osgani malum bo'ldi. Sariq bekor qilindi, 11 metrlik jarima zarbasi belgilandi!
34. Bahsli vaziyat yuzaga keldi. Budimir va Kurtua to'qnashib ketdi, bosh hakam hujumchiga simulyaciya uchun sariq kartochka ko'rsatdi. VAR nima deydi?
32. Alaba "Osasuna" jarima maydonchasi ichidan zarba berdi, biroq darvozaga kirmadi... O'yin borgan sari qizib bormoqda!
31. Mbappening aniq zarbasini Errera qaytarib yubordi. Burchak zarbasi!
29. Alabaning uzoqdan yo'llagan to'pi noaniq bo'ldi.

28. Yana zarba, yana Budimir. Havodan uzatilgan to'pni xorvatiyalik hujumchi bosh bilan darvozaga yo'lladi, aniq bo'ldi, ammo golga aylanmadi.
27. Zarba navbati Budimirga! Bosh bilan bergan zarbasi noaniq bo'ldi.

24. Kurtuadan super seyv! "Osasuna" futbolchisining zarbasi rekoshetga uchrab darvoza tomon yo'naldi, Tibo esa ajoyib reakciya ko'rsatib, jamoasini goldan qutqarib qoldi...
21. Gyuler yana jarimadan to'pni uzatdi, Asonso bosh bilan zarba berdi, Errera esa ushlab oldi.
18. Zarba navbati Budimirga! Uning tepgan to'pi biroz noaniq bo'ldi, Kurtua hatto joyidan siljiy olmadi...
17. Vinisiusning darvoza tomon bergan zarbasi kuchsiz chiqdi.
10. Etiborga molik jihat: Vinisiusga to'p tushgan vaqtda mezbon muxlislar tomonidan hushtakbozlik kuzatilmoqda.
7. Mezbonlar qarshi hujumga o'tdi, biroq natija bo'lmadi. Madridlik himoyachilar bartaraf eta bilishdi hujumni.
4. Gyuler jarima zarbasidan to'pni raqib jarima maydonchasi tomon uzatdi, himoyachilar qaytarib yuborishdi.
1. O'yin boshlandi!
Assalomu alaykum qadrli futbol ixlosmandlari! Sizlarni La Liga 25-turidagi "Osasuna" - "Real Madrid" uchrashuvining matnli translyaciyasiga taklif etamiz.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Туркия Суперлигаси. "Истанбул Башакшехир" меҳмонда "Аланяспор"ни мағлуб этди, Шомуродов ғалаба голини урди
"Реал" Винисиусга нисбатан ирқчилик ҳақоратлари иши бўйича УЕФАга далилларни топширди
Тьерри Анри Винисиус билан боғлиқ ирқчилик ҳодисаси ҳақида: "Мен "Реал"ни ёқтирмайман, лекин бугун мадридистман"
Fikrlar
Барсани ҳам, Реални ҳам, Роналдую, Мессини ҳам танқид қилиш мумкин.
Уларни бунчалик илоҳийлаштириб юборма.
Фалсафанг тушунарсиз, маълумотинг қанақа?
Мактаб сизларда неччи йил?