Mbappe "Real"ni "Bavariya" yarim himoyachisini sotib olishga chaqirmoqda

Alisher Ostonov
22 fev 2026, 12:22
Madridning "Real" klubi hujumchisi Kilian Mbappe klubni "Bavariya"ning fransiyalik yarim himoyachisi Maykl Olise bilan shartnoma imzolashga chaqirmoqda.

Mbappe agar "qaymoqranglilar" yozda Vinisius yoki Rodrigoni sotmoqchi bo'lsa, buni majburiy shart deb hisoblamoqda. Mbappe "Real" hujum chizig'ini o'zgartirishi kerakligini takidlamoqda.

Maykl Olise "Kristal Pelas"dan keyin 2024 yildan beri "Bavariya"da o'ynamoqda. Yarim himoyachi bu mavsumda Bundesligada 22 ta o'yinda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 16 ta golga hammualliflik qildi.

O'xshash yangiliklar


Alisher OstonovMuallif
Manba: E-Notícies