

27 yoshli francuz yakunlangan LCH bahslarida 15 ta gol urdi, uning jamoasi "Real" esa 1/4 finalgacha yetib bordi. Ikkinchi o'rinni Garri Keyn ("Bavariya") 14 ta gol bilan egalladi. Uchinchi o'rinni esa Xvicha Kvaratsxeliya (PSJ), Xulian Alvares ("Atletiko") va Entoni Gordon ("Nyukasl") bo'lishib olishdi - ular hisobida 10 tadan to'p bor.
Mbappe faoliyatida ikkinchi marta LCH to'purariga aylandi, bundan avval 2023/24 yilgi mavsumda u ushbu sovrinni Keyn bilan bo'lishib olgan edi (har ikkisi 8 tadan gol urgan).


