APL. "Arsenal" mehmonda "Tottenxem"ni yirik hisobda mag'lub etib, peshqadamlikni mustahkamladi
22 fev 23:38
Yangiliklar
APL. "Arsenal" mehmonda "Tottenxem"ni yirik hisobda mag'lub etib, peshqadamlikni mustahkamladi
APL. "Tottenxem" — "Arsenal" 1:4
Gollar: 32 - Eberechi Eze, 34 - Randal Kolo Muani, 47 - Viktor Dyokeresh, 61 - Eberechi Eze, 90+4 - 47 - Viktor Dyokeresh
"Tottenxem": 1. Gulelmo Vikario, 37. Mikki van de Ven, 3. Radu Dregushin, 24. Jed Spens, 7. Xavi Simons, 14. Archi Grey, 22. Konor Gallaxer (19. Dominik Solanke, 62'), 29. Pape Matar Sarr, 6. Joau Palinya (11. Matis Tel, 82'), 39. Randal Kolo Muani (9. Risharlison, 68'), 8. Iv Bissuma.
Zaxira: 40. Brendon Ostin, 38. Souza, 76. Jeyms Rozuell, 52. Kallum Olusesi, 68. Luka Uilyams-Barnett, 79. Jeyms Uilson.
"Arsenal": 1. David Rayya, 6. Gabriel Magalyayns, 12. Yurrien Timber (3. Kristyan Moskera, 57'), 2. Vilyam Saliba, 5. Pero Inkape, 36. Martin Subimendi, 41. Deklan Rays, 19. Leandro Trossard (11. Gabriel Martinelli, 76'), 10. Eberechi Eze (8. Martin Edegor, 76'), 14. Viktor Dyokeresh, 7. Bukayo Saka (20. Noni Madueke, 90+1').
Zaxira: 13. Kepa Arrisabalaga, 33. Rikkardo Kalafori, 49. Maylz Lyuis-Skelli, 16. Kristian Nyorgor, 9. Gabriel Jezus.
Ogohlantirishlar: 28 - Yurrien Timber, 35 - Archi Grey
90+8. Uchrashuv yakunlandi, "Arsenal" peshqadamlikni mustahkamlamoqda, "Tottenxem" esa Chempionshipga tushib ketmaslik uchun harakat qiladi.
90+8. Sarrning zarbasini Rayya ushlab oldi!
90+5. O'yin taqdiri hal bo'ldi, o'tgan davradagi hisob yana takrorlanmoqda.

90+4. GOL! Dyokereshdan dubl! Edegor to'pni Viktorga uzatib berdi, hujumchi esa ajoyib zarba bilan hisobni yana oshirdi!
90. O'yinning asosiy vaqtiga 7 daqiqa qo'shib berildi.
86. Qiziq fakt: Eze joriy mavsumda "shporlar" darvozasiga ikkita o'yinda 5 ta gol uribdi.

84. Risharlison o'ng qanotdan uzatib berilgan to'pni chiroyli tarzda darvozaga yo'lladi, biroq Rayya to'pni chiziq ustidan qaytarib yubordi. Dahshat!
81. "Tottenxem" muxlislari maydonni tark etishni boshladi.
80. O'yin tempi biroz tushdi, jamoalar go'yo hozirgi natijaga rozi bo'lgandek...

78. Muxlislar tomonidan Rayya egallab turgan darvoza oldiga rang chiqaruvchi vosita otildi. Stadion masullari uni olib tashlashdi.
72. Sakadan xavfli zarba! Bukayo tepgan to'p darvozaning tashqi tomonga tegdi.
71. Trossardning chamasi 22 metrlardan bergan zarbasi noaniq bo'ldi.
66. Ha, "kanonirlar" tinishmayapti. Rays va Sakaning qator urinishlari omadsiz yakunlanmoqda.
62. Xo'o'o'o'o'sh, "Arsenal" buyog'iga nima qiladi? Ha, "Tottenxem" emas, aynan "Arsenal". O'tgan turdi ular 2 ta gol oldinda turib, o'tkazib yuborgandi. Bugun-chi?

61. GOL! Ezedan dubl! U Sakami birga-bir vaziyatga chiqarib yubordi, Bukayo zarba berolmadi, himoyachining xatosi bilan to'p Eberechiga etib keldi va u bo'sh qolgan darvozani ishg'ol qildi!
59. Eze Sakani bitta pas bilan zo'r vaziyatga chiqarib yubordi, ammo Vikario seyv ko'rsatdi.
57. Rays chap qanotdan oldinga kirib borib, to'pni Ezega uzatdi, ammo bu vaziyatda Sarr ishonlchi harakat qilib, to'pni maydondan tashqariga chiqarib yubordi.
53. Kolo Muani ikkinchi bor tapni darvozaga kiritdi, ammo bu vaziyatda hujumchi qo'pollik ishlatilgani sabab gol bekor qilindi.
51. Hujumlar ketma-ketligi! Eze maydon markazidan yurish qilib, jarima maydonchasiga kirib, to'pni tepdi, ammo darvozaga kirmadi.
51. Spesning uzatmasi Salibaga tegib sal qolsa darvozadan joy olardi, ammo Rayya to'pni ushlab oldi.
48. Birinchi bo'limda maydon egalari darhol golga reakciya ko'rsatgan edi. Xo'sh, bu safar qanday bo'ladi?

47. GOL! Dyokeresh hisobni oshirdi! Qanotdan uzatib berilgan to'pni Viktor darvozaga yo'lladi va bu aniq bo'ldi!
46. Simonsning xavfli zarbasini Rayya ishonch bilan qaytardi.
46. Ikkinchi bo'limga start berildi.
Ikkinchi bo'lim boshlanishi kechikyapti. Yana hakamlar bilan bog'liq texnik muammo.
45+8. Birinchi bo'lim yakulandi.
45+6. Inkape o'ziga kelib tushgan to'pni to'g'rilab zarba berdi, biroq darvozaga bormay rekoshetga uchrab maydondan chiqib ketdi.
45+5. Trossardga to'p kelib tushdi, u vaqtni cho'zib yubordi va natijada raqib himoyachisi olib ketib qoldi to'pni.
45. Birinchi bo'limga 8 daqiqa qo'shib berildi.
41. Dahshat vaziyat! Avvaliga Sakaning zarbasi darvozaga kirmadi, to'p Timberga kelib tushdi, u Trossard uzatdi, Leandro yakuniy zarbani berdi, ammo rekoshetga uchrab, maydondan chiqib ketdi.
39. "Arsenal" yana oldinga intilmoqda, bir qator hujumlar bo'lmoqda, lekin naf chiqmayapti.
37. Saka darvozabon bilan deyarli birga-bir chiqib bordi va zarba berdi, Vikario to'pni qaytarib yubordi!
35. O'yin ancha jonlandi.

34. GOL! "Tottenxem"dan tezkor javob! Kolo Muani ajoyib harakatlari bilan Raysdan to'pni olib qo'yib, "Arsenal" darvozasiga to'p kiritdi!
33. Xo'sh, maydon egalari qanday javob bera oladi?

32. GOL! Eberechi Eze mezbonlar jarima maydonchasidagi palapartishlikdan foydalanib gol urdi! Golli uzatma muallifi - Saka!
28. Yurrien Timber qo'pollik ishlatgani uchun sariq kartochka bilan jazolandi.
25. Mezbonlar tashabbusni qo'lga olishga harakat qilyapti, "kanonirlar"da qator xatolar kuzatilmoqda.
18. Zarba navbati Trossardga: ammo to'p muxlislar tomonga ketdi.
17. Burchakdan uzatilgan to'pni Saliba bosh bilan darvozaga yo'lladi, ammo birozgina noaniq bo'ldi.
16. Yana mehmonlar oldinga o'tmoqda. Dyokereshga uzatilgan to'pga hujumchi etib bora olmadi, Dregushin to'pni maydondan tashqariga chiqarib yubordi.
13. Muammolar hal bo'ldi, o'yin davom etadi.

12. Malum bo'lishicha, hakamlar o'rtasida o'zaro aloqada texnik masalada muammo bo'lgan. Maydonda harorat sovidi, hatto futbolchilar ham.
10. O'yin 3-4 daqiqadan beri to'xtab qoldi. Bosh hakam futbolchilar bilan qandaydir masalalarni muhokama qilmoqda. TV efirda esa hakamga o'rnatilgan kamera tomonidan olingan kadrlar ko'rsatilmoqda. Kuzatamiz.
7. Dyokeresh chap qanotdan kirib bordi va to'pni o'ziga to'g'rilab olib darvoza tomon zarba berdi, ammo biroz noaniq bo'ldi.
5. Leandro Trossard raqib darvozaboni oldinga chiqib ketganidan foydalanib to'pni darvozaga yo'lladi, uni himoyachilar qaytardi. Vaziyat xavfli tus oldi.
1. O'yin boshlandi!
- Assalomu alaykum qadrli futbol muxlislari. Bugun Londonda derbi bo'lib o'tadi, mazkur bahsning matnli translyaciyasini ushbu sahifada kuzatib borishingiz mumkin.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Осасуна" ўз майдонида "Реал Мадрид"ни мағлуб этди
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида йирик ғалабага эришди ва жадвалда биринчи ўринга чиқиб олди
Туркия Суперлигаси. "Истанбул Башакшехир" меҳмонда "Аланяспор"ни мағлуб этди, Шомуродов ғалаба голини урди
"Реал" Винисиусга нисбатан ирқчилик ҳақоратлари иши бўйича УЕФАга далилларни топширди
Fikrlar