So’nggi yangiliklar

03:05Лига 1. ПСЖ "Ланс"нинг мағлубиятидан фойдаланиб қолди ва ғалабага эришган ҳолда биринчи ўринга қайтди  0 03:00Ла Лига. "Атлетико" ва "Эспаньол" ўртасидаги ўйинда 6 та гол урилди  5 02:55АПЛ. "Манчестер Сити" О'Райлининг дубли билан "Ньюкасл"ни мағлуб этди  11 02:05Саудия Арабистони Про лигаси. "Ал Иттиҳод" ўн киши бўлиб "Ал Ҳилол" билан дуранг ўйнади, "Ал Насср" рақибига жавобсиз 4 та гол урди  5 01:05Қирғизистон чемпионатида мухлислар йил давомида машина ва пул мукофоти ютиб олиши мумкин  1 00:52Бундеслига. "Бавария"да ғалаба, "Боруссия Дортмунд"да дуранг, "Байер"да эса мағлубият  0 00:42БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" иккита қизил карточка кўрсатилган ўйинда мағлуб бўлди, Ғаниев тўлиқ ўйнади  0 00:33"Пахтакор" янги мавсум учун қайдномасини эълон қилди: Мозговой 10-рақамда тўп тепади  4 00:28А Серия. "Интер" меҳмонда "Лечче"ни мағлуб этди ва ўн очколик фарқ билан жадвалда етакчи бўлиб турибди  3 00:25Ла Лига. "Осасуна" ўз майдонида "Реал Мадрид"ни мағлуб этди  120 23:46"Манчестер Сити" — "Ньюкасл". Таркиблар маълум  16 22:42SofaScore. Шомуродов ва Файзуллаев неча баллга лойиқ кўрилди?  3 22:26"Қизилқум" Тожикистон клуби билан дуранг ўйнади  2 22:20АПЛ. "Челси" аутсайдерга қарши ўйиннинг сўнггида ғалабани қўлдан бой берди, "Астон Вилла" эса сўнгги дақиқаларда мағлубиятдан қутилиб қолди  7 21:32"Осасуна" — "Реал". Таркиблар маълум  8

APL. "Manchester Siti" O'Raylining dubli bilan "Nyukasl"ni mag'lub etdi Yangiliklar

APL. "Manchester Siti" O'Raylining dubli bilan "Nyukasl"ni mag'lub etdi

Abduqodir Husanov maydonda bir bo'lim harakat qildi.

"Manchester Siti" — "Nyukasl" 2:1

Gollar: 14 - Niko O'Rayli, 22 - Lyuis Xoll, 27 - Niko O'Rayli

"Manchester Siti": 25. Janluiji Donnarumma, 27. Mateus Nunes, 21. Rayan Ait-Nuri, 33. Niko O'Rayli, 15. Mark Gexi, 3. Ruben Diash (45. Abduqodir Husanov 46'), 16. Rodri, 20. Bernardu Silva, 42. Antuan Semeno (47. Fil Foden 87'), 7. Omar Marmush (10. Rayan Sherki 58'), 9. Erling Xoland.

Zaxira: 1. Djeyms Trafford, 5. Jon Stounz, 82. Riko Lyuis, 4. Teyani Reynders, 14. Niko Gonsales, 26. Savio.

"Nyukasl": 1. Nik Poup, 2. Kiran Tripper, 12. Malik Tshau, 33. Den Byorn, 3. Lyuis Xoll, 28. Jo Uillok (11. Xarvi Barns 60'), 8. Sandro Tonali, 41. Jeykob Remsi, 10. Entoni Gordon (18. Uilyam Osula 78'), 20. Entoni Elanga (23. Jeykob Myorfi 78'), 27. Nik Voltemade (7. Joelinton 60').

Zaxira: 26. Jon Raddi, 32. Aaron Ramsdeyl, 37. Aleks Myorfi, 61. Leo Shaxar, 62. Shon Niv.

Ogohlantirishlar: 41 - Ruben Diash, 48 - Jo Uillok, 50 - Bernardu Silva, 62 - Xarvi Barns, 65 - Kiran Tripper, 89 - Joelinton


90+5. O'yin yakunlandi, Gvardiola shogirdlari o'zlari uchun muhim bo'lgan 3 ochkoni qo'lga kiritdi!

90+4. Xarvi Barnsning zarbasi juda xavfli bo'ldi!

90+1. Avvaliga Xoland, so'ng Foden zarba berdi, Poup esa ajoyib seyvlar namoyish etdi.

90. Uchrashuvning asosiy vaqtiga 4 daqiqa qo'shib berildi.

88. Mehmonlarda o'zaro tushunishda muammolar bo'lmoqda, shu bois hujumlari rivojlanmayotgani yaqqol ko'rinmoqda. 

80. Qanday vaziyat?.. Rayan Ait-Nuri chap qanotda yuzaga kelgan katta bo'shliqdan unumli foydalanib raqib jarima maydonchasiga kirib bordi, ammo yakuniy pallada zarba bera olmay, to'pni berib qo'ydi...

77. Joelintonning zarbasi kuchli, ammo noaniq bo'ldi.

72. Xoland katta tezlikda oldinga o'tib darvoza tomon zarba berdi, biroq uning tepgan to'pini himoyachi qaytarib yubordi.

69. "Nyukasl" asosan qarshi hujumlarda harakat qilmoqda. Biroq ular xavfli vaziyatga aylanmayapti.

66. Jarimadan uzatilgan to'pni Xoland darvozaga yo'lladi, ammo noaniq bo'ldi.

65. Yana Semeno, qulay vaziyatda bergan zarbasini Poup ushlab oldi.

54. Semeno maydonning ikkinchi tomonidan raqib tomon katta tezlikda yurib keldi va zarba berdi, lekin juda noaniq bo'ldi ushbu zarba.

52. Lyuis Xoll jarima zarbasidan to'pni to'g'ri darvozaga yo'lladi, ammo birozgina noaniq bo'ldi.

46. Abduqodir Husanov maydonga tushdi! U Diashni almashtirdi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

45+5. Birinchi bo'lim yakunlandi!

45+5. Rodri oldinga yurish qilib to'pni Omarga uzatdi, misrlik futbolchining zarbasi kuchsiz chiqdi.

45+3. Marmushdan yana zarba! Bu safar kuchli, lekin yana noaniq...

45. Birinchi bo'limga 5 daqiqa qo'shib berildi.

45. Xoland ajoyib dribling namoyish etib darvoza tomon zarba berdi, ammo biroz noaniq bo'ldi.

42. Den Byorn bosh bilan zarba berib gol urdi, biroq ushbu vaziyatda o'yindan tashqari holat borligi malum bo'ldi.

39. Uillokning pastki burchakka yo'llagan zarbasini Donnaruma ushlab oldi.

37. "Siti"dan hujum! Marmushning uzatmasini O'Rayli deyarli bo'sh darvozaga aniq yo'llay olmadi...

31. Yana bir zarba. Bu safar Gordondan, Janluiji o'z o'rnida! 

30. "Nyukasl"dan hujum. Havolatib uzatilgan to'pni Elanga bosh bilan darvozaga yo'llamoqchi bo'ldi, biroq o'xshamadi.

28. Xo'sh, endi navbat kimda gol urish bo'yicha? Kuzatamiz.

27. GOL! Yana O'Rayli, bu safar bosh bilan! Havolatib uzatilgan to'pni Niko boshi bilan darvozaga aniq yo'lladi!

25. Marmush yana bir bor zarba berdi, bu safar to'p himoyachilardan o'tmadi.

23. Uchrashuv tobora "qizib bormoqda"! Har ikki jamoa vaziyatlar yaratishga intilmoqda.

22. GOL! Lyuis Xollning jarima maydonchasi tashqarisidan tepgan to'pi darvozadan joy oldi!

21. Tripperning havolatib bergan uzatmasini jamoadoshi bosh bilan darvozaga yo'lladi, Donarumma qaytarib yubordi.

18. Zarba navbati "shaharliklar"da. Marmushning zarbasini Poup qaytardi!

17. Entoni Gordon tezlik bilan oldinga borib Gexidan o'tib ketdi va zarba berdi, Donnarumma o'z o'rnida!

14. GOL! O'Rayli jarima maydonchasi tashqarisidan zarba berib, gol urdi!

10. "Siti" faol, bosim o'tkazmoqda, ammo natija bo'lmayapti.

3. Endi o'ng qanot: Bernardu Silva jarima maydonchasiga kirib bordi, yana mehmonlar himoyasi faol.

2. Ilk daqiqalardan manchesterliklar faol boshladi. Rayanning uzatmasini himoyachilar qaytarib yubordi.

1. O'yin boshlandi.

Assalomu alaykum qadrli futbol muxlislari! O'zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanov jamoasi "Manchester Siti" o'z maydonida "Nyukasl"ni qabul qiladi. Bugun hamyurtimiz zaxiradan boshlaydi o'yinni. 

Reyting: +5   

Fikrlar

+15   
22 fev 02:07:19
Po'latjon Mullaboyev
Rasul M foydalanuvchining fikriga javob berish
Аксинча Диаш чарчабди. Сарик олди ва уни айби билан гол булди яхшиям афсайд экан. Пеп срази 2 таймда урнига Хусановни ташлайди.
Қойилееее топдиз
Сразу ташлади Хусановни
+13   
22 fev 01:59:17
Rasul M
Rasul Matkarimov1 foydalanuvchining fikriga javob berish
Mark Gexi bilan. Ruben Diash asosiyni zanitlab olishdi...Gvardiola 3ximoyachi bilan oynasa bolmasmikin Husaga xam joy bolardi
Аксинча Диаш чарчабди. Сарик олди ва уни айби билан гол булди яхшиям афсайд экан. Пеп срази 2 таймда урнига Хусановни ташлайди.
+12   
22 fev 05:49:21
Nargiza Mirodxojayeva
Арсенални коган уйинлари кийин ракиблар экан. Ситиники осон ракиблар кобди. Узаро уйинда арсенал ютиб кетган такдирдаям Сити чемпион буса кере деб уйлайман. Чунки арсенални барча коган ракиблари нокулай ракиблар хаммаси.
   
22 fev 03:54:58
Мансур Исмаилов
Холландга пас беришмаяпти бекордан бекор югуриб юрипти
   
22 fev 02:59:43
Arsenal 14
Mana 2-1 hisobni ushlab qolish qanaqa bo'ladi.......
   
22 fev 02:59:01
Alexis Dan
Хусанов мана бугун жуда яхши уйнади... Арсенални кувишда давом этади СИТИ
   
22 fev 02:13:27
Alexis Dan
Хусанов тушибди, футбол курамиз, майли 200 дакика уйнашсин)))
   
22 fev 02:03:40
Ayraport
Мармуш хам керак эмас, олиб ташлаш керак умуман пас бермаяпти Холандга
   
22 fev 01:30:01
barselona7
Отишма бўляптику.
   
22 fev 00:58:42
Shuxrat Xalbayev
Manchestir Sitiga omad bugun gʻalaba qozansa Arsenal bn 50/50 chempion poygasida bolib oladi KH45 un Apl chempionligi juda kotta yutugʻ bolardi omad Sitiga.
-8   
22 fev 01:06:02
Rasul Matkarimov1
Comment is hidden (Show comment)
Mark Gexi bilan. Ruben Diash asosiyni zanitlab olishdi...Gvardiola 3ximoyachi bilan oynasa bolmasmikin Husaga xam joy bolardi
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика