Manba: "Barselona" Markus Reshfordni "Manchester Yunayted"dan to'liq sotib oladi
13 okt 10:10
Yangiliklar


Manba: "Barselona" Markus Reshfordni "Manchester Yunayted"dan to'liq sotib oladi
The Sun nashri xabar berishicha, "Barselona" "Manchester Yunayted" hujumchisi Markus Reshfordni butunlay o'z safiga qo'shib olish niyatida.
Malumot uchun, 27 yoshli angliyalik futbolchi 2025 yil iyun oyida kataloniyaliklar safiga ijara asosida qo'shilgan edi.
Manbaga ko'ra, futbolchining to'liq transferi 25 million funt (taxminan 29 million evro) miqdoridagi kafolatlangan to'lov evaziga amalga oshadi. Shuningdek, kelishuvda qo'shimcha 5 million funtgacha (7 million evro) miqdorida bonuslar ham nazarda tutilgan. Ular futbolchining muayyan ko'rsatkichlarga erishishiga bog'liq bo'ladi.
Joriy mavsumda Reshford "Barselona" tarkibida barcha musobaqalarda 10 ta uchrashuv o'tkazib, 3 ta gol urgan va 5 ta golli uzatma amalga oshirgan. Transfermarkt portali malumotlariga ko'ra, hozirda futbolchining bozor bahosi taxminan 40 million evroni tashkil etmoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar