Futbol bozorida yangi davr: "Barselona" Yamal uchun misli ko'rilmagan taklif oldi!
13 okt 14:53
Yangiliklar
Futbol bozorida yangi davr: "Barselona" Yamal uchun misli ko'rilmagan taklif oldi!
"Fichajes" xabariga ko'ra, ispaniyalik vingerga 400 million evro taklif qilingan. Bu transfer jahon futboli tarixidagi eng yirik transferga aylanishi mumkin.
Bu taklif nafaqat qiymati, balki muddati bo'yicha ham misli ko'rilmagan: ispaniyalik yosh istedodga Saudiya Arabistonida 7 mavsum o'tkazish taklif etiladi.
Xabar qilinishicha, "Barselona" dastlab taklifni rad etib, Yamalni sport loyihasida asosiy o'yinchi sifatida saqlab qolish niyatini tasdiqlagan. Biroq moliyaviy bosim va futbolchining ambiciyalari vaziyatni chigallashtirishi mumkin.
Kiyinish xonasiga yaqin manbalarning xabar berishicha, Lamin "ko'k-anorranglilar" ustozi Xansi Flik uni jamoatchilik oldida tanqid qilganidan xafa bo'lgan. Vunderkind atrofidagi ahvol yaxshilanmasa, u "Barselona"ni tark etishni xohlashi mumkinligi haqidagi mish-mishlar kuchayadi.
"Al Hilol"ning taklifi yosh vinger uchun ham sport, ham moliyaviy nuqtai nazardan jozibador variant sifatida qaraladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Al Ain Cup. Остон Ўрунов порлаган оқшомда Ўзбекистон Мисрни мағлуб этди, финалда яна Эрон билан ўйнаймиз
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон U-17 терма жамоаси пенальтилар сериясида Хорватияни енгиб, кейинги босқичга йўл олди
ЖЧ саралаши. Португалия Роналдусиз рақиб дарвозасига 9 та тўп киритиб, мундиалга чиқди
Криштиану Роналду фаолиятида илк бор Португалия термаси сафида қизил карточка олди
Fikrlar
Flik bilan kelisholmasa, Yamal emas, Flik ketib qolishi mumkin.