Mbappe Ronaldoni ortda qoldirib, "Real" tarixidagi to'purarlar ro'yxatida 19-o'ringa ko'tarildi

Aslanov Jasurbek
25 noya 2026, 11:31
"Real" hujumchisi Kilian Mbappe Chempionlar Ligasi doirasidagi PSVga qarshi bellashuvda (5:1) dubl qayd etdi.

Fransiyalik futbolchi madridliklar safidagi 105-golini urib, klub tarixida 19-o'ringa chiqib oldi. Shu tariqa u Luis Molovni bilan tenglashdi va hisobida 104 ta gol mavjud bo'lgan Ronaldoni ortda qoldirdi.

Ro'yxatning 18-pog'onasini 106 ta gol bilan Garet Beyl egallab turibdi. "Real"ning mutlaq rekordchisi esa hisobida 450 ta gol bo'lgan Krishtianu Ronaldu sanaladi.

O'xshash yangiliklar

Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Transfermarkt