Mikel Arteta: "SHokdaman. "Liverpul" bizdan har tomonlama yaxshi o'ynadi"
04 apr 2021 08:25
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/629082_original.jpg)
![](/upload/storage/629082_220.jpg)
Mikel Arteta: "SHokdaman. "Liverpul" bizdan har tomonlama yaxshi o'ynadi"
"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta "Liverpul" (0:3) bilan o'yindan so'ng fikrlarini bildirib o'tdi.
"SHokdaman. Ular bizdan har tomonlama yaxshi o'ynashdi. Bunga men aybdorman. "Liverpul" uchta gol hisobiga g'alaba qozondi, bundan ham ko'proq gol urishi mumkin edi. Raqib futbolchilari har bir jangda g'alaba qozonishdi, bo'sh xududlarni o'ziniki qila oldi. Rostini aytsam hayron qoldim. Men bunday bo'lishini kutmagandim. Mening vazifam - vaziyatni yaxshilash. Biz pastga tushdik. Lekin buni qabul qilish oson emas
Bunday darajada boshqa o'ynamasligimiz kerak. Siz klub vakili bo'lganingizdan keyin buni qabul qilishingiz va muammoni hal qilishingiz kerak",- deydi Arteta.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar