Luis Enrike: "Messi? Argentinani havotirga solayotgan narsa, men va futbolchi uchun ham muhim"
28 okt 2015 11:45
Yangiliklar


Luis Enrike: "Messi? Argentinani havotirga solayotgan narsa, men va futbolchi uchun ham muhim"
"Barselona" bosh murabbiyi Luis Enrike Argentina terma jamoasi hujumchi Lionel Messini Braziliya va Kolumbiyaga qarshi JCH-2018 saralash uchrashuvlariga chaqirmaganidan mamnun.
"Argentina terma jamoasini havotirga solayotgan narsa, men va Messi uchun ham muhim" - deydi murabbiy.
Kataloniya klubi tibbiy shtabi Messining davolanish jarayonidan ko'ngli to'q va klubdagilar Leoni "Real"ga qarshi o'yinda maydonga tushishiga umid bildiryapti. Uchrashuv 21 noyabr kuni Madridda bo'lib o'tadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar