"Arsenal" yarim himoyachisi bilan shartnomani uzaytirishga tayyor
07 okt 2024 15:56
Yangiliklar


"Arsenal" yarim himoyachisi bilan shartnomani uzaytirishga tayyor
Angliyaning "Arsenal" klubi yarim himoyachi Tomas Parti bilan yangi shartnoma borasida muzokaralarni boshlashga tayyor, deb xabar berdi "DailyAFC".
31 yoshli Parti klubni tark etishni istamayapti. "Kanonirlar" bosh murabbiyi Mikel Arteta ham ganalik yarim himoyachi bilan ishlashni yoqtiradi.
Eslatib o'tamiz, yozda Partining darhol yoki joriy mavsum oxirida Saudiya Arabistoni chempionatiga o'tishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi.
Tomas Parti "Arsenal" safida jami 124 o'yin o'tkazib, 6 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning amaldagi kelishuvi kelasi yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi.
O’xshash yangiliklar
22:04
APL. "Arsenal" kutilmaganda o'z maydonida mag'lub bo'ldi, "Tottenxem" esa mehmonda 4ta gol urdi 26

Fikrlar