So’nggi yangiliklar

01:20Ла Лига. "Реал Мадрид" аралаш таркиб билан "Сосьедад" меҳмони бўлмоқда (онлайн ҳисоб)  46 01:12"Арне Слот – "Ливерпул"нинг янги бош мураббийи!" – Фабрицио Романо  1 00:55Жасур Жалолиддинов: "Бу жамоа билан анча олдин бошланган ўзаро ҳисоб-китобимиз бор эди"  3 00:45U-23 Осиё кубоги. Ироқ минимал ҳисобда Вьетнамни енгди ва ярим финалга йўл олди. Кейинги рақиб – Япония  12 00:40U-23 Осиё кубоги. Ўзбекистон - Саудия Арабистони 2:0  3 00:25Хосе Венансио Лопес Эронга қарши учрашувдан кейин қандай фикрлар билдирди?  5 23:46"Персеполис" Ўрунов гол урган ўйинда пенальтилар сериясида мағлубиятга учраб, Эрон кубогини тарк этди  3 23:20Саудия чемпионати. "Ал Ҳилол" - "Ал Фатех" 3:1   1 23:15Футзал бўйича Осиё Кубоги. Таиланд - Тожикистон 3:3 (пенальтилар 6:5)  0 23:10Футзал бўйича Осиё Кубоги. Вьетнам - Қирғиз Республикаси 2:3  0 22:58Ўзбекистон олимпия терма жамоаси бош мураббийи Тимур Кападзе Саудия Арабистони устидан қозонилган ғалабадан сўнг (2:0) нималар деди? (тўлиқ матбуот анжумани)  39 22:11Ўзбекистон футзал термаси Осиё кубоги бронза медали учун Тожикистонга қарши ўйнайди (турнир сеткаси)  6 21:35Футзал бўйича Осиё Кубоги. Ўзбекистон финал остонасида Эронга пенальтилар сериясида мағлуб бўлди  95 21:33Ўзбекистон U-23 Осиё кубоги ярим финалида Индонезияга қарши баҳс олиб боради (турнир сеткаси)  44 21:14U-23 Осиё кубоги. ҒАЛАБА! Ўзбекистон қийин кечган ўйинда Саудия Арабистонини мағлуб этиб, ярим финалга чиқди! Олимпиадага бир қадам қолди  448

3 o'yin, 3 xil natija. Katta maqsadlarni ko'zlayotgan "Navbahor" haqida Yangiliklar

3 o'yin, 3 xil natija. Katta maqsadlarni ko'zlayotgan "Navbahor" haqida

Superliga-2020 bellashuvlari vaqtincha to'xtatilgan.

Bir suddat avval "Nasaf" va "Paxtakor"ning dastlabki 3 turdagi o'yinlariga bag'ishlangan maqolalarni etiboringizga havola etgandik.

Foto OCHL va Superligada faqat g'alaba qozonayotgan, lekin optimal formaga kirmagan  "Paxtakor" haqida

Bugungi maqola esa o'ziga xos muxlislar "armiyasi"ga ega va o'z oldiga yuqori maqsadlarni qo'ygan "Navbahor"ga bag'ishlanadi.

Avvalo mavsum oldidan "Navbahor"ga kelgan va ketgan o'yinchilarni keltirib o'taman.

"Navbahor"ga kelganlar:
Xurshid Muxtorov ("Nasaf")
Islom Rashidxonov ("Nasaf")
Tohir SHamsitdinov ("Buxoro")
Zabihillo O'rinboev ("Tokusima Vortis", Yaponiya)
Mirkomil Lokaev ("Dinamo")
Islom Isoqjonov ("Metallurg")
Javlon Ibrohimov ("Suvon", J.Koreya)
SHoxruh Mahmudxojiev ("Paxtakor")
Ruslan Bolov ("Gomel", Belarus)
Pavel Golishev ("Nijniy Novgorod", Rossiya)

"Navbahor"dan ketganlar:
Aleksandr Kasyan ("Surxon")
Ayubxon No'monov ("So'g'diyona")
Aziz Ibragimov ("Surxon")
Nodir Mavlonov ("Andijon")
SHahzod SHaymanov ("Lokomotiv")
Jahongir Mehmonov ("Surxon")
Slavko Lukich
Ilhom Alijonov ("Qizilqum")
SHerzod Hakimov

Mavsum oldidan "lochinlar" safini tark etganlar orasida chinakam yo'qotish sifatida faqat Aleksandr Kasyanni ko'rsatish mumkin. Zero, aynan u bir yil oldin asosiy tarkibning muqim azosiga aylangan va mazmunli o'yinlari bilan yodda qolgandi.

Kasyanning o'rniga Ruslan Bolov va Islom Isoqjonov olib kelindi. Isoqjonov "Metallurg"da vinger bo'lib o'ynardi, "Navbahor"da esa hozircha hujumda to'p tepmoqda. Bolov haqida nimadir yozishning imkoni yo'q, chunki u hali o'ynamadi. "Nasaf"dan o'tgan Islom Rashidxonov hamda Xurshid Muxtorovlar ham jamoani kuchaytirishdi. Hali formaga kirib olsa Javlon Ibrohimov ham foydali transfer bo'ladi.


"Navbahor"ning 2020 yilgi Superliga uchun ro'yxatdan o'tkazgan o'yinchilari:

Darvozabonlar
1. O'tkir Yusupov (04.01.1991)
13. Islomjon Abdullaxonov (09.03.2001)
16. Ulug'bek Egamberdiev (10.02.2001)
23. Dilshod Hamroev (11.07.1995)

Himoyachilar
2. Mirkomil Lokaev (30.01.1995)
3. Mirzohid Mirzamahmudov (02.11.2000)
4. SHahzodbek Xamidov (03.07.1998)
5. G'iyosjon Komilov (11.03.1989)
6. Sodiqjon Ortiqov (22.03.2001)
15. Obid Jo'raboev (17.02.1986)
19. Mirzohid G'afurov (22.08.1988)
22. Igor Golban (31.07.1990), Rossiya
28. Xurshidbek Muxtorov (09.02.1994)
33. Toxirjon SHamsitdinov (09.02.1993)
34. Murodjon Adashboev (05.11.2001)

Yarim himoyachilar
7. Azimjon Ahmedov (04.01.1992)
8. Jovlon Ibrohimov (10.12.1990)
9. Ivan Solovev (29.03.1993), Rossiya
10. Azizbek Turg'unboev (01.10.1994)
11. Islombek Isoqjonov (29.04.1993)
17. Abdulhay Ismoilov (08.02.2000)
18. Sardar Telyakov (14.01.1994)
20. Amirbek Jo'raboev (13.04.1996), Tojikiston
21. Komiljon Tojidinov (19.08.1999)
24. Muhammad Sodiq Qodirov (04.04.2001)
26. Ulug'bek Aknazarov (16.01.2001)
27. Islom Rashidxonov (22.10.1997)
29. Jamoliddin Baxromov (09.08.2000)
30. Abdujamol Isroilov (24.12.1996)
31. Ayubxon Jo'raev (20.12.2000)
32. Qodirxon Ikromov (19.01.2000)
35. Bobirshoh Sobirov (03.10.2001)
37. Lutfilloh Nuriddinov (24.03.2003)
38. Dostonbek Abdulxaev (04.07.2001)
39. Kamronbek Nematjonov (17.12.2003)
41. SHavkatjon Sattarov (10.02.2001)
70. Abbos G'ulomov (05.07.1998)
94. Anvarjon Xojimirzaev (21.10.1994)

Hujumchilar
25. SHohrux Mahmudxojiev (19.07.1998)
42. Samandar Jo'raboev (06.08.2002)
43. Abdulaziz Xotamov (06.09.2000)
47. Asilbek Orifjonov (14.01.2001)
72. Pavel Golishev (07.07.1987), Rossiya
77. Husayn Ergashboev (21.08.2000)
88. Ruslan Bolov (07.05.1994), Rossiya
95. Zabixillo O'rinboev (30.03.1995)


"Navbahor" ustozi Andrey Kanchelskis dastlabki 3 turda qanday taktik sxema va tarkibdan foydalanganini ko'rib chiqamiz.

Superliga, 1-tur
"Paxtakor" – "Navbahor" 2:1

27 fevral 2020 yil
Toshkent. "Paxtakor" stadioni, 15320 tomoshabin
Hakamlar: Ilgiz Tantashev, Husniddin SHodmonov, Aleksandr Burov, Rustam Lutfullin
Nazoratchi: Farhod Abdullaev
Komissar: Zohirjon Akramxonov

Gollar: Igor Sergeev (pas Dragan CHeran) 51, Igor Sergeev (pas Anzur Ismoilov) 89 - Ivan Solovyov (pas Abbos G'ulomov) 26.

"Navbahor" bosh murabbiyi Andrey Kanchelskis bu mavsum 4-2-3-1 taktik sxemasidan foydalanmoqda. Namanganliklar har uchchala turda ham aynan shu sxemada to'p tepishdi.

"Navbahor" uchun chempionat haqiqiy "jang" bilan boshlandi. Zero, so'nggi yillardagi eng principial raqibga aylanib qolgan "Paxtakor" uyiga safar oson kechmasligi aniq edi.

O'sha kuni har ikki jamoa ham jangga tushgandek o'yinni boshlashdi. Birinchi bo'limda "Navbahor" futbolchilari juda ko'p yugurishdi, zonalarni tez yopishdi, raqib to'p bilan maydon markazidan o'tishi bilan kuchli pressing uyushtirishdi. Bu esa ko'p vaziyatlarda "Paxtakor" futbolchilarini shoshirib qo'ydi va xatolar yuzaga kela boshladi. Kanchelskis shogirdlari kiritgan gol ham aynan pressing evaziga olib qo'yilgan to'pdan keyin yuzaga keldi. 1-bo'limni "Paxtakor"ning markaziy yarim himoyachilari Odil Hamrobekov hamda Sardor Sobirxo'jaevlar yomon o'tkazishdi. O'tkazib yuborilgan golda ham aynan shu ikki o'yinchining xatosi asosiy rolni o'ynadi. "Lochinlar"ga esa shu kungi o'yin uchun tasanno deyman. Birinchi bo'limda ular amaldagi chempionga imkon berishmadi, har bir to'p uchun keskin kurash kechdi.

Yuqorida keltirilgan satrlar "Paxtakor" haqidagi maqoladan parcha edi va unga yana qo'shimcha qilishni xohladim. "Navbahor" o'sha uchrashuvning birinchi bo'limida 1-davradagi eng zo'r o'yinini o'ynab qo'ydi. Menimcha bunaqangi "nastroy", juda kuchli xoxish va har bir to'pga "o'ligini tashlaydigan" "Navbahor"ni shu bilan "Paxtakor"ga qarshi Namangandagi bellashuvda ko'rsak kerak.

Andrey Kanchelskis: "O'zbekistonda VAR bo'lishini istardim"


Superliga, 2-tur
"Navbahor" - "Lokomotiv" 2:0

6 mart 2020 yil
Namangan. "Markaziy" stadioni, 25328 tomoshabin
Hakamlar: Temur To'xtasinov, Abduhamidullo Rasulov, Olim Abduvosilov, Akmal Rahimov
Nazoratchi: Oleg Dachev
Komissar: Axmed Tillaev

Gollar: Azim Ahmedov 64 penalti, Igor Golban (Abbos G'ulomov) 88.

"Navbahor" uyda yutish juda qiyin jamoaga aylanadi. Muxlislar raqibga salbiy tasir ko'rsatishi mumkin bo'lsa, mezbonlarga katta energiya beradi. Stadionni to'ldirib turadigan ishqibozlarning olqishlari jamoani doim oldinga chorlab turadi.

Kanchelskis "Paxtakor" bilan o'yinga solishtirganda faqat bitta majburiy o'zgarish qildi. Qizil kartochkasi bor Isoqjonov o'rnini Zabihillo O'rinboev egalladi. Uchrashuv tinimsiz hujumlar va zarbalarga to'lib toshmadi. Har ikki jamoa ham hujumlar uyushtirib turdi. Vaziyat shunday edi-ki, kim birinchi gol ursa o'sha tomon g'alabani ilib ketadigandek edi. 5-daqiqada O'rinboevning bosh bilan bergan zarbasi Nesterov qo'riqlayotgan darvozaning ustuniga tegib qaytdi. "Lochinlar" biroz faolroq bo'lishdi va oldinga ko'proq o'tishdi.

"Lokomotiv" esa shu kuni g'alaba sari tashlashi mumkin bo'lgan juda katta qadamda qoqildi. 40-daqiqada Temurxo'ja Abduxoliqov yo'l-yo'lakay ikki raqibni aldab o'tib maydonning yarmini bosib o'tdi va to'pni o'ngdan yorib kirgan Marat Bikmaevga tashlab berdi. Marat esa sherigi chaynab bergan to'pni O'tkir Yusupov qo'riqlayotgan darvozaning yaqin burchagiga joylamoqchi bo'ldi va noaniq zarba berdi. Abduxoliqov o'zi ham zarba beraversa bo'ladigan nuqtaga chiqib borgandi, ammo to'pni o'zidan ham yaxshiroq imkoniyatga chiqib borayotgan Bikmaevga uzatgandi.


Ikkinchi bo'limda mezbonlar gol urish uchun munosib o'yin ko'rsatishdi va g'alaba o'zlariniki qilishdi. Azim Ahmedov to'p Zoteevning qo'liga tekkanidan keyin penaltidan hisobni ochgan bo'lsa, Golban 88-daqiqada o'yinga yakuniy nuqtani qo'ydi. SHu o'rinda "lochinlar"ning ikkinchi golida Igorning roli qanchalik katta bo'lganini etirof etmaslik nohaqlik bo'ladi. Afonin to'pni bosh bilan qaytarib yuborgandan so'ng past bo'yli Abbos G'ulomov to'pni erga tushirmay bosh bilan oldinga urib yubordi. Uyog'iga esa Golban bir o'zi masalani hal qildi. Avvaliga u mehmonlar himoyachisi Damyanovichdan "korpus"da ustun keldi, keyin esa o'sha to'p uchun oxirigacha kurashdi. Natiada, SHerzod Fayziev xatoga yo'l qo'ydi va to'pni qaytara olmadi. Bir qarashda xavf yo'qdek joyda Nesterov bilan birga-bir vaziyatga chiqib ketgan "Navbahor" himoyachisi hujumchilardek sovuqqonlik va aniqlik bilan o'z hisobiga gol yozib qo'ydi.

Andrey Kanchelskis: "Stadiondagi ajoyib muhit menga APLdagi faoliyatimni yodimga soldi"


Superliga, 3-tur
"Andijon" – "Navbahor" 0:0

15 mart 2020 yil
Andijon. "Sog'lom Avlod" stadioni. 15152 tomoshabin.
Hakamlar: Viktor Serazetdinov, Aleksandr Sidorov, Avaz Abdullaev, Rahimbek Karimov
Nazoratchi: Sardor Nadjafaliev
Komissar: Oybek Yunusov

"Navbahor" uchun yana bir principial o'yin - vodiy derbisi. "Andijon"ga qarshi Kanchelskis 1-turda "Paxtakor"ga qarshi o'ynagan tarkibni tushirdi. Ammo, o'yin Toshkentdagidan keskin farq qildi.

Bu uchrashuvda bir jamoaning ustunligini aytish mushkul, tengma-teng o'yin bo'ldi. Oldingi ikki uchrashuvga solishtirganda namanganliklarning eng zerikarli o'yini bo'ldi. Har ikkala jamoa g'alabga ham, mag'lubiyatga ham haqli emasdi. Durang adolatli natija bo'ldi.

Ikkinchi bo'limda o'yin biroz jonlangandek bo'ldi, ammo gol urish hech kimna nasib etmadi. 48-daqiqada Abbos G'ulomov bir raqibni aldab o'tib darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib bordi. Ammo, Abbosning zarbasini Aslonbek Ahrorov qaytara oldi. Uchrashuvdagi ikkinchi juda xavfli vaziyat esa 87-daqiqada sodir bo'ldi. Siroj Meliev Yusupov bilan birga-bir vaziyatga chiqib bordi va aniq zarba yo'lladi. O'tkir esa oyoqlari bilan to'pni qaytardi va jamoasini muqarrar goldan qutqarib qoldi. 90+1-daqiqada esa zaxiradan maydonga tushgan Zabihillo O'rinboev juda qulay imkoniyatdan foydalana olmadi. Abbos G'ulomov chaynab bergan to'pni O'rinboev darvozaga yo'llashda noaniq zarba berdi. Ochig'i, o'sha vaziyatda qanday qilib noaniq zarba berilganidan ko'pchilik hayron qoldi.

Yusupov "Navbahor"ni mag'lubiyatdan qutqarib qolgan bo'lsa, O'rinboev g'alabadan mahrum qildi.


Video Andrey Kanchelskis: "Agar men 2 ochko yo'qotgan bo'lsam, demak natijadan qoniqmagan bo'laman"


Dastlabki 3 turda "Navbahor" safida samarali harakatlarni amalga oshirgan o'yinchilar:

Gollar:

Ivan Solovyov
Azim Ahmedov
Igor Golban (hammasi bittadan)

Golli paslar:
Abbos G'ulomov 2ta


3 o'yin va 3 xil natija. Maqsad jiddiy, o'yinchi?


Mavsum oldidan "Navbahor" ko'plab transferlarni amalga oshirdi. Ketganlar o'rni ortig'i bilan to'ldirildi, jamoa bu mavsum moliyaviy tomonlama yanada baquvvatlashishi haqida gap so'zlar chiqdi. Golban va Solovyovga jiddiy takliflar borligiga qaramay, ularni tarkibda saqlab qola olindi. Jamoa oldiga jiddiy vazifalar qo'yilishi kundek ravshan edi bunaqangi harajatlardan keyin. Jamoa oldida eng kamida OCHLga yo'llanma olish vazifasi turibdi. Xo'sh, o'yin bunga javob beradimi?

"Paxtakor" bilan kechgan bellashuvdan kelib chiqsak ha, javob beradi. Keyingi ikki uchrashuvga qarab esa yo'q deb javob berish mumkin. Odatda jamoalar mavsum boshidan keyin borgan sari o'z o'yinlarini yaxshilab borishadi. "Navbahor" esa aksincha, turdan-turga orqaga ketdi. Bu nimadan darak? O'yinchilar "Paxtakor" bilan o'yinda juda ko'p energiya sarflab qo'yishdimi yoki o'yinga "nastroy" raqibdan kelib chiqib tushib bormoqdami? Balki, asta-sekin rotaciyalarga qo'l urishni boshlash kerakdir. CHunki, Kanchelskis 3 o'yinda asosiy tarkibda faqat hujumchini almashtirdi. Unda ham majburiy o'zgartirish. Bir xil tarkibga suyanib qolish yaramaydi.


Aziz Turg'unboev umuman formada emas. Kelajagi porloq deb qaralgan Turg'unboev Superligani yomon boshladi, hech bir o'yinda yaqqol ajralib turmadi. Menimcha, yaxshi formaga kirib olishi uchun Azizga vaqt kerak. Jamoaning ikkinchi vingeri haqida esa faqat iliq fikrlarni bildirish mumkin. Hozircha "lochinlar" ikkita golli pas berishgan va har ikkalasi ham Abbos G'ulomovga tegishli. G'ulomov uchchala o'yinda ham juda faol bo'ldi, to'p uchun kurashmoqda, tezligi yaxshi, bitta raqibni bemalol aldab o'ta olyapti, ochiq sheriklarini o'z vaqtida ko'ra olmoqda. Hozircha, jamoa hujumlarini tashkil etishda aynan G'ulomov hamda Solovyov asosiy rolni bajarishmoqda.

Jamoaning eng katta yutug'i Igor Golbanni saqlab qolgani bo'ldi, menimcha. Zero, aynan u himoyani boshqaradi, balansni ushlab turadi, kamiga standartlar paytida raqib jarima maydonchasida juda xavfli o'yinchiga aylanadi. Golbanning borligi murabbiyga ancha xotirjamlik berishi aniq. Bundan tashqari, darvozabon O'tkir Yusupovning olib qolingani ham jamoa foydasiga xizmat qilmoqda. Yusupov o'tgan mavsumdan beri ko'plab epizodlarda jamoasi joniga oro kirmoqda. "Navbahor"ning markazdagi o'yinchilariga ham to'xtalib o'tmasak bo'lmas. Azim Ahmedov hamda Islom Rashidxonov Superligani yaxshi boshlashdi va yaqin orada ularni kimdir asosiy tarkibdan siqib chiqarishi qiyin bo'ladi. Sardorlik bog'ichining Ahmedovga berilishi futbolchi uchun ijobiy tasir qilgani ko'rinib turibdi. Azimning o'yinida o'sish bor, o'ziga ishonch ortgan. Maydonda aynan Ahmedov va Golban etakchilik qilishmoqda.

"Navbahor"ning joriy mavsumdagi uchta goli mualliflari bitta kadrda.


Yaxshi tarkib va moliyaviy taminotga ega "Navbahor" jiddiy maqsadlarni ko'zlagan. Xalqaro maydonlarga chiqish uchun esa yaxshi o'yinni stabil ushlab turish lozim. Balki, Bolov o'ynay boshlasa, Javlon Ibrohimov va Turg'unboev formaga kirib olsa, juda yaxshi o'sib kelayotganida jiddiy jarohat olgan Abdujamol Isroilov safga qaytsa biz yanada kuchliroq "Navbahor"ni ko'rarmiz. Cyog'ini vaqt ko'rsatadi.


O'zbekiston chempionati turnir jadvali va to'purarlar ro'yxati >>>>> SUPERLIGA

Muallif : Tolibjon Qosimov
Reyting: +19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика