So’nggi yangiliklar

16:50Зиркзее "Манчестер Юнайтед"ни тарк этиши мумкин  0 16:21Хорватия U-17 бош мураббийи: "Ўзбекистон кучли жамоа. Буни қўрққанимдан эмас, ҳурмат юзасидан айтяпман"  3 16:00Суперлига. "Динамо" – "Андижон" (матнли трансляция)  8 15:36Холанд Криштианунинг "абадий" рекордини янгилай оладими? Бунга неча йил талаб этилади?   9 14:44Ўртоқлик ўйини. Ўзбекистон U-23 Вьетнамни мағлуб этди  5 14:24ПСЖ Винисиус учун лойиҳа тайёрламоқда. Парижликлар бразилияликни текинга қўлга киритишмоқчи  3 13:22Гарсия "Реал"дан кетадими?  2 12:04"Манчестер Юнайтед" Онана бўйича қарор қабул қилди  1 11:24АПЛ клублари "Бавария" кўзлаган ўйинчини илиб кетмоқчи  0 10:49"Барселона"нинг икки нафар футболчиси турк клубига ўтиши мумкин  7 10:22Ҳиндистон Аргентина билан ўртоқлик учрашуви учун катта миқдорда пул тўлайди ва бир нечта шартлар қўяди  17 09:55"Ливерпуль" Салоҳнинг ўринбосарига 200 миллион евро тўлашга тайёр  4 09:27Флорентино Перес муддатидан аввал президентликдан кетмоқчи  18 09:00Миср терма жамоаси собиқ юлдузи кечаги учрашувдан сўнг жамоа бош мураббийини танқид қилди  33 08:32Суперлига. Бугун "Динамо" учинчи ўринга кўтарилиб олиши мумкин  9

24 yoshli darvozabon, kuchli jamoani yutgan vodiy jamoasi ustozi, MTJ hujumchisi - Superligada 24-turning eng yaxshilari Yangiliklar

24 yoshli darvozabon, kuchli jamoani yutgan vodiy jamoasi ustozi, MTJ hujumchisi - Superligada 24-turning eng yaxshilari

Championat.asia sayti O'zbekiston Superligasi 24-turining eng yaxshilarini aniqladi.

Championat.asia sayti talqiniga ko'ra, 24-turning eng yaxshi darvozaboni – Azizxon Isaqov ("Qo'qon-1912")

"Qo'qon-1912" bu turda o'yindan oldin favorit deya etirof etilgan OKMK bilan Olmaliqda ro'baro' kelib, 1:0 hisobida g'alaba qozondi. Ushbu muvaffaqiyatli bahsda qo'qonliklar posboni Azizxon Isaqovning o'rni beqiyos. 24 yoshli darvozabon uchrashuv davomidagi munosib harakatlari bilan esda qoldi, 1-2 vaziyatda jamoasi joniga ora kirdi. Championat.asia ijodiy guruhi o'zaro muhokamalardan so'ng Isaqovni eng yaxshi deb topdi. 


Championat.asia sayti talqinida 24-turning eng yaxshi murabbiyi – Bahrom Haydarov ("Qo'qon-1912")

Qo'qonliklar ushbu turda Olmaliqqa safar uyushtirib, 1:0 hisobida g'alabaga erishdi. Ushbu g'alaba Bahrom Haydarovning o'yin uchun tanlagan taktikasi va rejasi orqali qo'lga kiritildi. Uning shogirdlari final hushtagi chalinguniga qadar himoyada mustahkam tura oldi. Haydarov bahs mobaynida futbolchilariga sergaklikni yo'qotmaslikni uqtirib turdi va faol harakat qilishga undadi. Shunday qilib, 47 yoshli mutaxassis haqli tarzda tur murabbiyi deya etirof etildi. 


Championat.asia sayti talqiniga ko'ra, 24-turning eng yaxshi futbolchisi – Igor Sergeev ("Paxtakor")

"Paxtakor" ushbu turda mehmonda "Buxoro"ni yirik hisobda engdi (4:0). Shubhasiz, bu bahs O'zbekiston MTJ forvardining benifisiga aylanib ketdi. U dubl qayd etib, 1 ta golga assistentlik ham qildi. 32 yoshli Sergeev natijani bir o'zi hal qildi desak xato bo'lmaydi. Bundan tashqari, Superligadagi gollari sonini 16 taga etkazib, yaqqol to'purar bo'lib olganini etirof etish joiz. Shu tariqa, hech bir ikkilanishlarsiz "qotil" hujumchi Igor Sergeev 24-turning eng yaxshi futbolchisi nomiga munosib ko'rildi.


Championat.asia sayti talqinida 24-turning eng chiroyli goli muallifi – Amir To'raqulov ("Bunyodkor")

"Bunyodkor" bu turda "Nasaf" bilan bahs yuritib, jangovar durang qayd etdi (2:2). Mazkur o'yinning 41-daqiqasida To'raulov olis masofadan chap oyoqda darvozani nishonga oldi, zarba o'ta muvaffaqiyatli bo'ldi va to'p darvoza to'ridan o'rin oldi. Shu tariqa, o'tgan turda bo'lgani kabi yosh xavbek urgan gol yana eng chiroylisi sifatida tan olindi. 


Reyting: +5   

Fikrlar

+2   
07 okt 16:28:31
Azim Ismailov
Танловлар тугри аникланган
+1   
07 okt 20:28:46
STENLESS..R
Сергеев нотугри
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика