O'zbekiston Kubogi 3-turning ikkita o'yini sanasi o'zgardi

Sherzod Nurmatov
18 may 2026, 15:20
Musobaqaning “E“ guruhi 3-turidan o'rin olgan “Bunyodkor” – “QMU Jayxun” hamda “TerDU” – “Qizilqum” uchrashuvlari avvaldan belgilanganidek, 23 may sanasida emas, balki 24 may kuni bo'lib o'tadi.

“Xabaringiz bor, 22 may kuni O'zbekiston milliy terma jamoasi JCH-2026 safari oldidan “Bunyodkor” stadionida nazorat uchrashuvi o'tkazadi. Shundan kelib chiqqan holda yuqorida qayd etilgan ikki uchrashuv sanasida o'zgarish kuzatiladi.

Ma'lumot uchun, ”TerDU” – “Qizilqum” o'yini “Surxon Arena” va unga tutash hududdagi futbol maydoni parvarishidan kelib chiqqan holda Navoiy shahrida bo'lib o'tadi”, – deyiladi PFL xabarida.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: pfl.uz