Championat.asia va Transfermarkt Superliganing sentyabr oyidagi eng yaxshi murabbiyi va futbolchisini aniqladi
08 okt 12:00
Yangiliklar
Championat.asia va Transfermarkt Superliganing sentyabr oyidagi eng yaxshi murabbiyi va futbolchisini aniqladi
Hisob-kitobda sentyabr oyida (21, 22, 23) bo'lib o'tgan uchta va oktyabr oyi boshida (24) o'tkazilgan bitta o'yin inobatga olindi.
Ovoz berish yakunlariga ko'ra, Kamoliddin Tojiev Superliganing sentyabr oyidagi eng yaxshi murabbiyi deb topildi. Uning qo'l ostida "Paxtakor" uchta o'yinda g'alaba qozonib, bittasida durang qayd etgan. Tojiev 41% ovoz olgan bo'lsa, "Qo'qon-1912" ustozi Baxrom Haydarov 36% ovoz bilan ikkinchi o'rinni egalladi.
"Paxtakor" darvozaboni Vladimir Nazarov Superliganing sentyabr oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi. U to'rtta uchrashuvdan uchtasida darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi va faqat bitta gol o'tkazib yubordi. Nazarov 32% ovoz to'plagan bo'lsa, "sherlar"ning yana bir vakili Igor Sergeev (27%) ikkinchi pog'onadan joy oldi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси илк турда Парагвайни мағлуб этиб, мусобақани ғалаба билан бошлади
ЕЧЛ. "Ливерпуль" ўз уйида "Реал Мадрид"ни мағлубиятга учратди
ОЧЛ-2. "Андижон" кетма-кет тўртинчи марта 0:0 ҳисобида дуранг ўйнади
ЕЧЛ. Драматик кечган ўйинда "Барселона" меҳмонда "Брюгге" билан дуранг ўйнади
Fikrlar