

Manba xabariga ko'ra, Musiala Chempionlar Ligasi umumiy bosqichining 3-turidan o'rin olgan "Arsenal"ga qarshi uchrashuvni hamda Bundesliganing 7-turi doirasidagi "Frayburg" bilan o'yinni aniq o'tkazib yuboradi. Uning qaytishi Germaniya Kubogi doirasida "Magdeburg"ga qarshi (28 oktyabr) yoki Bundesligada Dortmundning "Borussiya" jamoasi bilan bahsda (31 oktyabr) yuz berishi mumkin.
23 yoshli yarim himoyachi sentyabr oyida Germaniya milliy jamoasi lagerida shikastlangandi. Unga son mushak to'qimasining yirtilishi tashxisi qo'yilgan.
Musiala 2026/27 yilgi mavsum "Bavariya" safida 4 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.



