Musiala "Bavariya"ni tark etishi mumkin

Sherzod Nurmatov
20 noya 2026, 16:35
Yarim himoyachi Jamol Musialaning "Bavariya" bilan tuzgan shartnomasida 2027 yildan kuchga kiradigan tovon puli bandi mavjud.

Bu haqda insayder Florian Plettenberg ma'lum qildi.

Manba ma'lumotlariga ko'ra, 23 yoshli nemis futbolchisi Myunxen klubida qolishni istaydi. Biroq klub kuzatuv kengashi futbolchi bilan uning maoshi va sport natijalari o'rtasidagi mutanosiblikni muhokama qilgan. Ushbu masala hamon klub rahbariyati kun tartibida qolmoqda.

Musialaning "Bavariya" bilan amaldagi bitimi 2030 yilgacha mo'ljallangan. Transfermarkt portali futbolchining narxini 80 million evroga baholamoqda.

Musiala joriy mavsum barcha turnirlarda 4 o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 1 ta golli pas uzatdi.

O'xshash yangiliklar

Sherzod NurmatovMuallif
Manba: x.com/Plettigoal