Pires "Arsenal"ga "Borussiya" futbolchisi bilan shartnoma imzolashi kerakligini tavsiya qildi

Mirjalol Normatov
5 may 2018, 21:09
"Arsenal" sobiq futbolchisi Rober Pires "kanonirlar"ga Dortmundning "Borussiya"si himoyachisi bilan shartnoma imzolashni tavsiya qildi.

"Yangi bosh murabbiyga juda qiyin bo'ladi. Unga tavsiyam - Sokratis Papastatopulos. U bilan shartnoma imzolansa ajoyib ish bo'lardi. U "Borussiya"da barqaror o'yin namoyish etmoqda. U orqali "Arsenal" himoyasi anchagina kuchaygan bo'lardi", - dedi Pires.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Bild