“Arsenal”, “Seltik” kabi jamoalar sobiq hujumchisi kokain tufayli hibsga olindi. U taqib natijasida ushlandi

Eldor Akmurzayev
8 yanv 2023, 08:05
Irlandiya terma jamoasi sobiq a'zosi Entoni Stouks 6 yanvar kuni avtomobilida policiyadan yashirinishga harakat qildi.

Taqibdan keyin esa u to'xtatildi va Stouks salondagi yo'lovchi bilan birga qochmoqchi bo'lishdi. Mashina ichidan esa 4000 funt sterlingga teng kokain topilgan.

Gumonlanuvchilar garov evaziga qo'yib yuborildi va ularning ishi tez orada sudda ko'rib chiqiladi.

34 yoshli Stouks professional faoliyatini 2005 yil “Arsenal”da boshlagan. U Angliyada “Sanderlend”, “Sheffild Yunayted”, “Kristal Pelas”, “Blekbern Rovers”, Shotlandiyada “Falkirk”, “Xibernian”, “Seltik”, shuningdek, “Apollon Smirnis” (Gretsiya) va “Traktorsozi” (Eron) jamoalari sharafini himoya qilgan. U 2019 yil “Adana Demirspor” (Turkiya) klubi safida butsasini mixga ilgan.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Daily Mail