MYU yozda "Chelsi" himoyachisi Ryudiger bilan tekinga shartnoma imzolamoqchi

Alisher
26 fev 2022, 11:03
"Manchester Yunayted" 2022 yilning yozida "Chelsi" himoyachisi Antonio Ryudigerni o'z safiga qo'shib olmoqchi.

"Qizil iblislar" yozgi transfer oynasida o'yinchi bilan erkin agent maqomida shartnoma imzolamoqchi.

Nemisning "Chelsi" bilan shartnomasi joriy mavsum so'nggiga qadar mo'ljallangan. Tomonlar shartnomani uzaytirish borasida hali kelishuvga erishishmadi.

Oldinroq OAVda futbolchiga "Real" va PSJ qiziqish bildirayotgani xabar qilingan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Daily Mirror