

Bu haqda "The Athletic" ma'lum qildi.
27 yoshli futbolchi jamoa natijalaridan norozi va yozgi transfer oynasida takliflarni ko'rib chiqishga tayyor. "Chelsi" rahbariyati so'ralgan narxni to'lashsa, futbolchi bilan xayrlashishga qarshi emas.
Ispaniyaning ikki klubi - “Barselona” va “Atletiko” Kukurelyaga qiziqish bildirmoqda. Himoyachi "ko'k-anorranglilar" tarbiyalanuvchisi va Kataloniyaga qaytishga tayyor. "Matraschilar" bosh murabbiyi Diego Simeone uning xizmatlariga qiziqyapti.
Kukurelya 2025/26 yilgi mavsum "Chelsi" safida 50 o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. U Ispaniya terma jamoasining Jahon chempionati uchun yakuniy tarkibiga kiritilgan.



