

Turinga ko'chib o'tgach, portugaliyalik 69 marta jarima zarbasini amalga oshirgan va faqatgina 1 bor gol urishni uddaladi.
"Mashg'ulotlarda uning har bir urinishi golga aylanadi. Nega uchrashuvlarda bu holat takrorlanmayapti? To'g'risi, bilmayman. Ha, rasmiy o'yinlar mashg'ulotdan farq qiladi, ammo aslida gap nimadaligini bilmayman, balki shunchaki omad kelmayotgani sabablidir.
Krishtianu ikkimiz o'rtamizda chinakam do'stona aloqalar bor. Klubdagilar hatto meni Ronaldu va portugaliyaliklar bilan Evroga boradi, deb xazillashib turishadi.
Krishtianu – sodda yigit, yulduz emas. U bosiq, xazilni va xushchaqchaq insonlarni yaxshi ko'radi", – dedi Pinsolo.




