

Manbaga ko'ra, Turin klubi vakillari allaqachon futbolchining otasi bilan suhbatlashgan. Italiya jamoasi marokashlik futbolchini hujumni kuchaytirish uchun ideal o'yinchi deb hisoblaydi. Qayd etilishicha, Dias "Real"da qolishni va klubdagi o'zgarishlarni kutishni xohlaydi.
26 yoshli Diasning shartnomasi 2027 yilning yozigacha amal qiladi. Transfermarkt portali uning narxini 35 million evroga baholamoqda.



