Yanvar oyida 6ta gol urgan hujumchi A Seriyada oy futbolchisi deb topildi

Aslanov Jasurbek
10 fev 2024, 12:15
A Seriya matbuot xizmati yanvar oyining eng yaxshi futbolchisi nomini e'lon qildi.

"Yuventus" forvardi Dushan Vlaxovich ushbu sovrinni egasiga aylandi. Hujumchi yanvar oyidagi 4ta o'yinda 6ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.

Muxlislar o'rtasida o'tkazilgan so'rovnomada Vlaxovichdan tashqari Lautaro Martines ("Inter"), Alessandro Buonjorno ("Torino"), Albert Gudmundsson ("Jenoa"), Ruben Loftus-Chik ("Milan") va Shimon Jurkovskiy ("Empoli") nomlari bor edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: legaseriea.it