"Vest Xem" "Manchester Yunayted" himoyachisi bilan shartnoma imzolamoqchi

Alisher
28 iyul 2021, 14:33
"Vest Xem" joriy transfer oynasida mudofaa chizig'ini kuchaytirishni rejalashtirmoqda.

Shu sabab "bolg'a urarlar" "Manchester Yunayted" himoyachisi Fil Jonsga e'tiborni qaratishdi.

29 yoshli futbolchi anchadan beri manchesterliklar tarkibiga kirmayapti va katta ehtimol bilan sotib yuboriladi. "Qizil iblislar" maoshlar miqdorini tushirish uchun uni sotib yuborishga tayyor.

Fil 2011 yildan beri MYUda o'ynaydi. Uning klub bilan tuzgan shartnomasi 2022/23 yilgi mavsum so'nggiga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Goal