

Uchrashuv 2:0 hisobida Kataloniya klubining g'alabasi bilan yakunlandi. "Ko'rshapalaklar"ning mag'lubiyatidan g'azablangan valensiyalik muxlislar o'yindan so'ng ko'k-anorranglilar avtobusiga hujum qilishdi. Hujum oqibatida avtobus zarar ko'rgan, ammo futbolchilarda jarohat yo'q. Bundan tashqari, ishqibozlar "Barselona", Kataloniya, Pike va Yumtitini haqorat qilishdi.



