"Tottenxem"ning 3 futbolchisi klubdan ketishi tasdiqlandi

17 iyul 2019, 20:15
Yangi mavsumni "shporlar"ning uch futbolchisi boshqa klubda boshlashi ma'lum bo'ldi.

So'z himoyachi Denni Rouz, yarim himoyachi Jorj-Kevin Nkudu va hujumchi Vinsent Yanssen haqida bormoqda. Bu haqda londonliklarning rasmiy sayti ma'lumot berdi. 

Himoyachilar Serj Ore va Davinson Sanches hamda xavbek Viktor Vanyama milliy terma jamoadan qaytganidan so'ng kelasi hafta mavsum oldi tayyorgalikni boshlashadi. 

Mashg'ulotlar bazasida Erik Dayer, Ben Devis va Kemeroe Karter-Viksers kabi futbolchilar  jarohatdan tiklanish jarayonini boshdan o'tkazmoqda.


O'xshash yangiliklar


Manba: tottenhamhotspur.com